OPEK+ ning neft qazib olishni qisqartirish qarori sog‘lom fikr g‘alabasi – Peskov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishDmitriy Peskov, arxivnoe foto
Dmitriy Peskov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Obuna bo‘lish
OPEK+ mamlakatlari noyabr oyidan boshlab neft qazib olish hajmini kuniga 2 million barrelga qisqartirishga kelishib olishgan.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov OPEK+ ning neft qazib olishni qisqartirish qarorini sog‘lom fikr g‘alabasi deb atadi.
“Men bu bizning qandaydir g‘alabamiz deb aytishga moyil emasman. Bu sog‘lom fikr g‘alabasi”, - dedi u “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bunda Rossiya prezidentining 2019-yilda Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirgan tashriflari ham rol o‘ynagan.
“Umuman olganda, prezident o‘zaro hurmat, foydaga asoslangan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning uddasidan chiqdi. Albatta, bu eng dolzarb masalalarni muhokama qilishda yordam beradi”, - deya ta’kidladi Kreml vakili.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta OPEK+ mamlakatlari noyabr oyidan boshlab neft qazib olish hajmini kuniga 2 million barrelga qisqartirishga kelishib olishgan edi.
Dobicha nefti v Severnoy Dakote, SShA.. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
G‘arb Saudiya Arabistonini Moskva quchog‘iga tashladi
Yangiliklar lentasi
0