G‘arb Saudiya Arabistonini Moskva quchog‘iga tashladi

© © AP Photo / Eric GayDobicha nefti v Severnoy Dakote, SShA.. Arxivnoe foto
Dobicha nefti v Severnoy Dakote, SShA.. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya ichida yilning asosiy voqeasi - Rossiya tarkibiga yana to‘rt hududning qo‘shilayotganini kuzatib turgan bir paytda - uzoq xorijda Rossiya uchun yana bir yutuqli voqea sodir bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, OPEK+ a’zo davlatlari sutkalik neft qazib olish hajmini ikki million barrelga kamaytirishni nazarda tutuvchi umumiy kelishuvga erishishgan.
Qaror hozircha rasman tasdiqlanmagan bo‘lsada, uning e’lon qilinishi juda muhim. Eng asosiysi - kartelning barcha a’zolari bir ovozdan ushbu taklifga roziligini bildirgan. Ya’ni ommaga ma’lum qilishning kechiktirilishi voqealarning keyingi rivojiga aslo ta’sir qilmaydi. Bunda esa fantaziyalarni ishga solish va ko‘p darajali geosiyosiy shaxmat nazariyasini ishga kuzatish mumkin.
Avvalo hammasi nimadan boshlangani haqida qisqacha ma’lumot berib o‘taman.
Neft eksportchi mamlakatlar tashkiloti (boshqacha aytganda xalqaro profil kartel) 1960-yili Bog‘dod konferensiyasi natijasida tashkil topgan. Avvaliga kelishuvni atigi besh mamlakat imzolagan, ular orasida Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan tashqari, asosiy a’zolardan biri Venesuela ham bor. Ayni paytda OPEK tarkibi ancha kengaydi va a’zolar soni o‘ttiztaga yetdi. Hozir ular orasida Jazoir, Angola, Gabon, Iroq, Eron, Kongo, Quvayt, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya Saudiya Arabistoni va Ekvatorial Gvineya bor.
Kartel qolgan boshqa dunyo bilan bir qatorda, siyosatga ham, ishtirokchilar tarkibiga ham ta’sir qilgan turli davrlar va yoqilg‘i inqirozlarini boshdan kechirdi. Misol uchun, 1995-yilda Gabon OPEKni tark etdi va tashkilotga 11-yildan keyin qaytdi.
Vaqt o‘tdi, neft zaxiralari sayyoraning boshqa mintaqalaridan ham aniqlandi, razvedka bilan bir qatorda boshqa mamlakatlarda ham qazib olish parallel ravishda o‘sdi. Xususan, Rossiya muqobilsiz neft ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha jahon yetakchilari uchtaligiga kirdi.
2010 yillar o‘rtasiga kelib OPEKning yolg‘iz o‘zi dunyo bozoriga ta’sir ko‘rsata olmasligi ma’lum bo‘ldi, qolaversa, kartelga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uning o‘nlab a’zolari bilan tobora qattiqroq raqobatlasha boshladi. Shu sababli, 2016-yilda OPEK+ formati yaratildi. Ya’ni yana o‘nta mamlakat ushbu tashkilotga jalb qilindi. Ta’kidlash joiz, yangi tashkilot norasmiy xarakterga ega va yangi qo‘shilgan davlatlar - Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Bahrayn, Bruney, Malayziya, Meksika, Ummon, Sudan va Janubiy Sudandan iborat.

Neftchi “oqsoqollar” “yoshlar” bilan shunchaki bag‘rikenglik tufayli emas, balki majbur bo‘lganlari uchun hamkorlikka qaror qilishdi. OPEK+ tashkil etilganda, o‘nta yangi mamlakat jahon neft eksportining yarmidan ko‘pini jismonan nazorat qilish imkoniga ega bo‘ldi va o‘nta yangi kelgan qora oltinning tasdiqlangan zaxiralari butun sayyoraning 90 foizidan oshdi.

Agar aniq raqamlarga tayanadigan bo‘lsak, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, OPEK mamlakatlari bir sutkada 28 million barrel neft qazib oladi. Bu jahon ishlab chiqarishining qariyb 30% ni tashkil etishini hisobga olsak, boshqa barcha mamlakatlarga kuniga yana 93 million barrel to‘g‘ri kelishini hisoblash qiyin emas.
Neft karteli a’zolari keng tarkibda tez va muntazam uchrashib turmaydi, ammo bu uchrashuvlar bozordagi murakkab o‘zgarishlar yoki katta yangiliklarning boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kamaytirish bo‘yicha kelishuvlar OPEK+ yig‘ilishlarining asosiy va standart masalasiga aylanadi, bu esa narxlarni belgilashga bevosita ta’sir qilish, kerak bo‘lsa kotirovkalarni oshirish yoki tushirishga qaratilgan.
E’tiborli o‘quvchi matnda AQSh biror marta ham tilga olinmaganini payqagan bo‘lsa kerak. Aslida AQSh neft qazib olish hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Har sutkada amerikalik neftchilar o‘rtacha qariyb 13-14 mln barrel qazib oladi. Bu yerda hech qanday xato yo‘q. O‘zining tunyoda yagona ekanini alohida ta’kidlashni yaxshi ko‘radigan AQSh shunchaki neftchilar klubiga (OPEK) a’zo emas. Aynan shuning uchun dunyo matbuoti vaqti -vaqtida Vashingtonning navbatdagi katta siyosatchisi Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan borganini yozib turadi. Sabab - AQSh qanchalik "yagona va betakror" bo‘lmasin, biroq obyektiv reallik bilan ham hisoblashishiga to‘g‘ri keladi va har zamonda kartelga u yoki bu iltimos bilan murojaat qilib turadi.
Hozirgi neft qazib olishning sutkaga ikki million barrelga kamayishi - tahlilchilar, jumladan, amerikalik ekspertlar prognozlariga ko‘ra, neft narxi oshishiga olib keladi. Fyuchers narxi hatto yuz dollardan ham oshishi kutilmoqda. Bu esa Jo Bayden va uning jamoasi uchun foydali emas. Bir oydan so‘ng AQShda oraliq saylovlar bo‘lib o‘tadi, demokratlar esa ayni paytda ancha qiyin vaziyatda.
Ta’kidlash joiz, demokratik partiya yoz oylari davomida o‘zinng qulab tushgan reytingini biroz tuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Oq uy bunga xususan, benzin va dizel yoqilg‘isi narxlarini biroz pasaytirishga muvaffaq bo‘lgani uchun sodir bo‘ldi. Maxsus harbiy operatsiya boshlanishi bilan narxlar rekordlarga yaqinlashgan edi. Amerikaning Moliya vazirligi o‘ziga xos hech qanday choralar ko‘rmadi, balki strategik zaxirani ommaviy bo‘shatishni boshladi. (AQShda bir yilga yetadigan srategik neft zahiralari borligi haqida bilamiz) Natijada strategik zaxira 40-yildan buyon ilk bor tarixiy minimumiga yetdi.
Biroq, butun dunyoda narxlar oshishi Amerikaning ichki bozoriga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi. Bu avtomobil yoqilg‘isi narxi oshishiga olib keladi, o‘z navbatida buning ortidan barcha turdagi mahsulotlar - nondan tortib elektrgacha narxlar ko‘tariladi. Chunki Amerika issiqlik energetika stansiyalariga ko‘mirning deyarli hammasi shatakka oladigan avtomobillarda yetkaziladi.

Bir oy avval Rossiya neftiga barcha sanksiyalar e’lon qilinganda Jo Bayden rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga bordi va Ar-Riyoddan neft qazib olishni ko‘paytirishni iltimos qilgan edi. Lekin tashrif deyarli hech qanday natija bermadi. Saudiyaliklar neft qazib olish iltimosiga odob bilan rad javobini berishdi. Bu hammaning ko‘z oldida gegemon AQSh yuziga tarsaki tushirishdek gap edi. Ammo keyingi voqealar to‘fon tezligida sodir bo‘ldi.

Oradan bir necha hafta o‘tgach, Yaqin Sharq va G‘arb orasida sovuqlik tushirgan yana bir mojaro sodr bo‘ldi. Qirolicha Yelizaveta Ikkining dafn marosimidan oldin Britaniya Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmonga uning nomaqbul shaxs ekanligi va uni qabul qilmasligini rasman ma’lum qildi.
O‘shandayoq, mahalliy tahlilchilar bir ovozdan "G‘arb Saudiya Arabistonini deyarli Moskvaning quchog‘iga tashladi" sarlavhali maqolalarga to‘ldirishgandi. Shimoliy dengiz shelfidagi zaxiralarning geografiyasi va tuzilishi tufayli uglevodorod importiga to‘liq qaram bo‘lgan britaniyaliklar dafn marosimidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararni oldindan hisoblashlari kerak edi, ammo, aftidan, ittifoqchidan qarzdorlik tuyg‘usi kuchliroq chiqqan ko‘rinadi. Ehtimol Londonga boshqa tanlov qoldirishmagan.
Nima bo‘lganda ham, Vashington uchun noxush ishlar sodir bo‘ldi. Neft qazib olish hajmi noma’lum muddatga kamaytiriladi, bu esa nafaqat AQSh ichkarisida yuqori narxlarga, balki Rossiyaga moliyaviy bosim o‘tkazish imkoniyatlarini ham chippakka chiqaradi. Rossiya esa o‘z qora oltini eksporti uchun yangi yo‘nalishlarini topmoqda. Oddiyroq aytganda, Moskvaning pullari hali beri tugamaydi va bu yerda ochlik qo‘zg‘olonlarini kutishga hali ancha erta.
Yangiliklar lentasi
0