AQSh Duginaning o‘limi ortida Ukraina turibdi deb hisoblaydi – OAV

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPMEF-2022. Rabota studii radio Sputnik
PMEF-2022. Rabota studii radio Sputnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Amerika razvedka xizmatlariga ko‘ra, rossiyalik faylasuf Aleksand Duginning qizi Daryaning o‘ldirib ketilishi Ukraina hukumatining roziligi bilan bo‘lgan.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari razvedka xizmatlari rossiyalik jurnalist Darya Duginaning o‘ldirilishida Ukraina rasmiylari vakillari ishtirok etgan deb hisoblamoqda. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.
Gazeta manbalari missiyaga qaysi Ukraina hukumati ruxsat bergani, uni kim amalga oshirgani va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bunga rozi bo‘lganmi yoki yo‘qligini oshkor qilmagan.
“AQSh razvedka idoralari Ukraina hukumatining ayrim a’zolari avgust oyida Moskva viloyatida Darya Duginaning o‘limiga sabab bo‘lgan avtomobil portlatilishiga ruxsat bergan, deb hisoblaydi”, - deyiladi xabarda.
Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar suiqasdda razvedka ma’lumotlarini taqdim etish orqali ham, boshqa yo‘l bilan ham ishtirok etmagan. Kiyev Duginaning o‘ldirilishi bo‘yicha Vashington bilan maslahatlashmagan.
“Rossiya bu suiqasdga aniq javob bermagan bo‘lsa-da, holat jang maydonidagi vaziyatga bevosita ta’sir qilmasligi va Moskvani Ukrainaning yuqori martabali amaldorlariga qarshi o‘z zarbalarini berishga undashi mumkinligidan xavotirda”, - deyiladi maqolada.
Ta’kidlanishicha, Vashingtonning hafsalasi Ukraina uni, ayniqsa Rossiya hududidagi harbiy rejalari va maxfiy operatsiyalari borasida boxabar qilmaganidan pir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 21-avgust tunda Moskva viloyatida Darya Duginaning avtomobili masofadan turib portlatib yuborilgan edi. Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, ushbu suiqasd aslida Daryaning otasi faylasuf Aleksandr Duginga qarshi uyushtirilgan. U tasodif tufayli so‘nggi daqiqada boshqa avtomobilda shaharga qaytishga qaror qilgan.
Rossiya Federal Xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, suiqasd Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangan va sodir etilgan. Jinoyatchi — Ukraina fuqarosi Vovk Natalya Pavlovna. Qotillik sodir bo‘lgan kuni, 21-avgustda u qizi bilan "Traditsiya" festivalida bo‘lgan. Masofadan turib boshqariluvchi bomba portlatilganidan so‘ng Estoniyaga chiqib ketgan.
FSB RF raskrilo ubiystvo jurnalistki D. Duginoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Darya Duginaning o‘limi: qotillikda gumonlanuvchi haqida nimalar ma’lum
Yangiliklar lentasi
0