https://oz.sputniknews.uz/20220823/darya-duginaning-olimi-qotillikda-gumonlanuvchi-haqida-nimalar-malum-27382295.html
Darya Duginaning o‘limi: qotillikda gumonlanuvchi haqida nimalar ma’lum
Darya Duginaning o‘limi: qotillikda gumonlanuvchi haqida nimalar ma’lum
Sputnik O‘zbekiston
Darya Dugina mashina portlashi tufayli vafot etdi, Rossiya FSB qotillik ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi, deb hisoblaydi. 23.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-23T13:31+0500
2022-08-23T13:31+0500
2022-08-23T13:31+0500
rossiya
jurnalist
terakt
portlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27383755_0:46:2151:1256_1920x0_80_0_0_a46223cb89cc6ca9a5cfcee216e36690.jpg
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Rossiyalik jurnalist va siyosatshunos Darya Duginaning o‘limida gumon qilinayotgan shaxs Natalya Vovk - Ukraina qurolli kuchlarida xizmat qilgan, dedi uning otasi RIA Novosti agentligiga.Uning aniqlik kiritishicha, uning qizi Azov* batalonida xizmat qilmagan va Donbassdagi harbiy harakatlarda ishtirok etmagan."U Azov*da xizmat qilmagan, Ukraina Qurolli kuchlari safida xizmat qilgan. Keyin u yerdan ishdan bo‘shib ketgan", - deydi u.Natalya Vovkning otasining so‘zlariga ko‘ra, uning armiyadan bo‘shatilishiga uning sog‘lig‘i sabab bo‘lgan. Natalya Vovk bir muncha vaqt oldin qochqin sifatida Yevropaga jo‘nab ketgan, ammo bu unga yoqmagan va u qaytib kelgan.Shuningdek, u Moskva viloyatida Dugina bilan sodir bo‘lgan voqeadan bir necha kun oldin qizi u bilan internet orqali bog‘lanib suhbat qilganini va qizi nabirasi bilan Boltiqbo‘yida ekanini aytganini aytdi. Vovk Rossiyaga qanday kirib kelganini otasi bilmaydi. Darya Duginaning o‘limiFojia 21-avgust kuni kechqurun Moskva viloyati Odinsovo tumanida sodir bo‘ldi. Siyosatshunos va jurnalist Darya Dugina haydab ketayotgan mashina, portlab, yonib ketdi. Jurnalist voqea joyida vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, quvvati 400gr trotilga teng portlovchi modda mashina tagiga haydovchi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lgan va u masofadan turib ishga tushirilgan. Voqea yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy xavfli yo‘l bilan sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.Dushanba kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jurnalistning qotilligi fosh etilganini e’lon qildi. FXX qotillik ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi, deb hisoblamoqda, ijrochi 23-iyul kuni qizi bilan Rossiyaga kelgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovk deyilgan rasmiy xabarda.Darya Dugina kim ediMashhur rus faylasufi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina 1992-yilda tug‘ilgan. U Moskva davlat universitetining falsafa fakultetini tamomlagan, Xalqaro Yevroosiyo harakatining siyosiy kuzatuvchisi bo‘lib ishlagan. U otasining ishini davom ettirdi, ma’ruzalar o‘qidi, falsafa fanlari nomzodi va taniqli siyosatshunos edi.Dugina Ukrainadagi maxsus operatsiyani faol qo‘llab-quvvatlagani bilan ham tanilgan.Darya Dugina 2022-yilda Buyuk Britaniya tomonidan Ukraina maxsus operatsiyasi haqida “dezinformatsiya tarqatgani” uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan.* Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan va taqiqlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20220822/fsb-jurnalist-duginaning-qotilini-aniqladi--27361516.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27383755_209:0:1942:1300_1920x0_80_0_0_f360126b7dbb23e27ffe5d449c020ed8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, jurnalist, terakt, portlash
rossiya, jurnalist, terakt, portlash
Darya Duginaning o‘limi: qotillikda gumonlanuvchi haqida nimalar ma’lum
Darya Dugina mashina portlashi tufayli vafot etdi, Rossiya FSB qotillik ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi, deb hisoblaydi.
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Rossiyalik jurnalist va siyosatshunos Darya Duginaning o‘limida gumon qilinayotgan shaxs Natalya Vovk - Ukraina qurolli kuchlarida xizmat qilgan, dedi uning otasi RIA Novosti agentligiga.
Uning aniqlik kiritishicha, uning qizi Azov* batalonida xizmat qilmagan va Donbassdagi harbiy harakatlarda ishtirok etmagan.
"U Azov*da xizmat qilmagan, Ukraina Qurolli kuchlari safida xizmat qilgan. Keyin u yerdan ishdan bo‘shib ketgan", - deydi u.
Natalya Vovkning otasining so‘zlariga ko‘ra, uning armiyadan bo‘shatilishiga uning sog‘lig‘i sabab bo‘lgan. Natalya Vovk bir muncha vaqt oldin qochqin sifatida Yevropaga jo‘nab ketgan, ammo bu unga yoqmagan va u qaytib kelgan.
Shuningdek, u Moskva viloyatida Dugina bilan sodir bo‘lgan voqeadan bir necha kun oldin qizi u bilan internet orqali bog‘lanib suhbat qilganini va qizi nabirasi bilan Boltiqbo‘yida ekanini aytganini aytdi. Vovk Rossiyaga qanday kirib kelganini otasi bilmaydi.
Fojia 21-avgust kuni kechqurun Moskva viloyati Odinsovo tumanida sodir bo‘ldi. Siyosatshunos va jurnalist Darya Dugina haydab ketayotgan mashina, portlab, yonib ketdi. Jurnalist voqea joyida vafot etdi.
Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, quvvati 400gr trotilga teng portlovchi modda mashina tagiga haydovchi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lgan va u masofadan turib ishga tushirilgan.
Voqea yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy xavfli yo‘l bilan sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Dushanba kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jurnalistning qotilligi fosh etilganini e’lon qildi. FXX qotillik ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi, deb hisoblamoqda, ijrochi 23-iyul kuni qizi bilan Rossiyaga kelgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovk deyilgan rasmiy xabarda.
Mashhur rus faylasufi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina 1992-yilda tug‘ilgan. U Moskva davlat universitetining falsafa fakultetini tamomlagan, Xalqaro Yevroosiyo harakatining siyosiy kuzatuvchisi bo‘lib ishlagan. U otasining ishini davom ettirdi, ma’ruzalar o‘qidi, falsafa fanlari nomzodi va taniqli siyosatshunos edi.
Dugina Ukrainadagi maxsus operatsiyani faol qo‘llab-quvvatlagani bilan ham tanilgan.
Darya Dugina 2022-yilda Buyuk Britaniya tomonidan Ukraina maxsus operatsiyasi haqida “dezinformatsiya tarqatgani” uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan.
* Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan va taqiqlangan.