Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyaning yangi hududlarida ukrain tilini o‘rganish taqiqlanmaydi

© Sputnik / Irina Gerashchenko / Mediabankka o‘tishFlag Doneskoy narodnoy respubliki v Doneske
Flag Doneskoy narodnoy respubliki v Doneske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, ayrim tillarni o‘rganish Rossiyaning yangi hududlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. LXR, DXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududida ukrain tilini o‘rganish taqiqlanmaydi, dedi jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov.
"Shartnomada rus tili davlat tili ekanligi ko‘rsatilgan, ammo boshqa tillarni o‘rganish taqiqlanmaydi", - dedi Ivanov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.
“Bu ukrain tiliga ham tegishlimi?”, degan savolga u ijobiy javob berdi.
"Shu jumladan. Lekin buni rasmiylar belgilaydi. Umuman olganda - yo‘q (taqiqlanmagan)," - deya qo‘shimcha qildi Ivanov.
23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va DXR, LXR, Xerson va Zaporojye rahbarlari Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashdi.
3 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni bir ovozdan ratifikatsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0