“Maxam Chirchiq” zavodidagi yong‘in o‘chirildi, ikki xodim jarohat olgan
“Maxam Chirchiq” zavodidagi yong‘in o‘chirildi, ikki xodim jarohat olgan
Sputnik O‘zbekiston
FVV matbuot xizmati Chirchiqdagi zavodda yuz bergan hodisa oqibatida 2 nafar xodim yengil jarohat olgani haqida ma’lumot berdi. 04.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Maxam-Chirchiq” zavodida portlash natijasida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Qayd etilishicha, hodisa oqibatida zavodning 2 nafar xodimi yengil jarohat olgan. Ular ayni paytda Chirchiq shahridagi shifoxonada muolaja olishmoqda. Avvalroq “O‘zkimosanoat” matbuot xizmati Chirchiqdagi zavodda yuz bergan hodisa oqibatida ishchi xodimlar zarar ko‘rmagani haqida ma’lum qilgan edi.Voqea joyida bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev va boshqa mutasaddilar bo‘lib turibdi.Energetika vaziri boshchiligidagi komissiya a’zolari hodisa sabablari va oqibatlarini to‘liq o‘rganmoqda.
FVV matbuot xizmati Chirchiqdagi zavodda yuz bergan hodisa oqibatida 2 nafar xodim yengil jarohat olgani haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Maxam-Chirchiq” zavodida portlash natijasida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida zavodning 2 nafar xodimi yengil jarohat olgan. Ular ayni paytda Chirchiq shahridagi shifoxonada muolaja olishmoqda. Avvalroq “O‘zkimosanoat” matbuot xizmati Chirchiqdagi zavodda yuz bergan hodisa oqibatida ishchi xodimlar zarar ko‘rmagani haqida ma’lum qilgan edi.
Voqea joyida bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev va boshqa mutasaddilar bo‘lib turibdi.
Energetika vaziri boshchiligidagi komissiya a’zolari hodisa sabablari va oqibatlarini to‘liq o‘rganmoqda.