Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Olimlar OIV infeksiyasini davolashning yangi usulini topdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDiagnostika
Diagnostika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
Kashf etilgan yangi muolaja usuli bemorlarning OIV infeksiyasi asoratlaridan deyarli to‘liq xalos bo‘lishiga xizmat qilishi mumkin – tafsilotlar.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiyalik olimlar tomonidan OIV infeksiyasini davolashning yangi usuli topildi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, kashf etilgan yangi muolaja usuli bemorlarning OIV infeksiyasi asoratlaridan deyarli to‘liq xalos bo‘lishiga xizmat qilishi mumkin.
Mazkur davo chorasi maxsus oqsillardan foydalanishga asoslangan. Ular bemor organizmidagi immunitet hujayralari funksiyalarini tiklashga yordam beradi. O‘z navbatida, OIV kasalligiga qarshi kurashuvchi antitanalarni quvvatlantiradi.
"Natijada organizm ichki imkoniyatini ishga solib, virusni siqib chiqarishga kirishadi. Yakunda tanada OIV infeksiyasi miqdori kamayib, uning salomatlik uchun zararli ta’siri keskin pasayadi", deyiladi xabarda.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili qariyb 2 million kishi ushbu xavfli xastalikka chalinmoqda. Hozir dunyo bo‘yicha OIV tashxisi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 38,4 million nafardan oshgan.
Yangiliklar lentasi
0