https://oz.sputniknews.uz/20221002/hindistonda-traktorning-hovuzga-qulashi-oqibatida-27-kishi-halok-boldi-28722691.html
Hindistonda traktorning hovuzga qulashi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi
Hindistonda traktorning hovuzga qulashi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, tirkamada 50 ga yaqin odamni olib ketayotgan traktor haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, shundan so‘ng mashina suvga qulagan. 02.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-02T18:03+0500
2022-10-02T18:03+0500
2022-10-02T18:03+0500
dunyoda
hindiston
narendra modi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/314/72/3147277_0:184:3555:2183_1920x0_80_0_0_bb7a65989d392dbd89312d420bb42575.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Hindistonda odamlarni olib ketayotgan traktor va tirkamaning hovuzga qulashi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda “Times of India” xabar bermoqda.Hodisa kechasi Uttar-Pradesh shtatining Kanpur okrugida sodir bo‘lgan. Tirkamada 50 ga yaqin odamni olib ketayotgan traktor haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, shundan so‘ng mashina suvga qulagan. Mahalliy hukumatga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Ularning barchasi mahalliy ibodatxonadagi diniy marosimdan uyiga qaytayotgan bo‘lgan.Uning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlarning oilalariga bosh vazirning yordam fondidan 200 ming rupiy (2440 dollar), jabrlanganlarga esa 50 ming rupiy (612 dollar) miqdorida tovon puli to‘lanadi.Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanathning aytishicha, “tirkamali traktorlar odamlarni emas, balki faqat yuk tashish uchun ishlatilishi kerak”.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/314/72/3147277_199:0:3354:2366_1920x0_80_0_0_5a30b0c68e74d7828ad117cbe27b4abd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, hindiston, narendra modi
dunyoda, hindiston, narendra modi
Hindistonda traktorning hovuzga qulashi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi
Qayd etilishicha, tirkamada 50 ga yaqin odamni olib ketayotgan traktor haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, shundan so‘ng mashina suvga qulagan.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Hindistonda odamlarni olib ketayotgan traktor va tirkamaning hovuzga qulashi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda “Times of India”
xabar bermoqda. Hodisa kechasi Uttar-Pradesh shtatining Kanpur okrugida sodir bo‘lgan. Tirkamada 50 ga yaqin odamni olib ketayotgan traktor haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, shundan so‘ng mashina suvga qulagan. Mahalliy hukumatga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Ularning barchasi mahalliy ibodatxonadagi diniy marosimdan uyiga qaytayotgan bo‘lgan.
“Kanpurdagi traktor tirkamasi halokatidan qayg‘udaman. Mening hayolim yaqinlarini yo‘qotganlarda. Yaradorlarga duodamiz. Mahalliy ma’muriyat jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda”, deb yozdi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlarning oilalariga bosh vazirning yordam fondidan 200 ming rupiy (2440 dollar), jabrlanganlarga esa 50 ming rupiy (612 dollar) miqdorida tovon puli to‘lanadi.
Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanathning aytishicha, “tirkamali traktorlar odamlarni emas, balki faqat yuk tashish uchun ishlatilishi kerak”.