Suriyada vabo kasali avj olmoqda - JSST

© AFP 2023 / PATRICK HERTZOGLaboratornie ispitaniya v biotexnologicheskoy firme vo Fransii
Laboratornie ispitaniya v biotexnologicheskoy firme vo Fransii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Suriyadagi vaziyat xavotirli, vabo bilan kasallanish bo‘yicha 426 dan ortiq holat tasdiqlangan, 33 kishi vafot etgan, dedi Filipp Barboza.
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Suriyadagi 10 ta viloyatda vabo epidemiyasi mavjud va u butun mamlakat bo‘ylab tarqalmoqda. Bu haqda RIA Novosti Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vabo va epidemik diareya kasalliklari guruhi rahbari Filipp Barbozaga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi vaziyat xavotirli, vabo bilan kasallanish bo‘yicha 426 dan ortiq holat tasdiqlangan, 33 kishi vafot etgan.

“28 sentabr holatiga ko‘ra, Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi 10 provinsiyada vabo epidemiyasi avj olgani, 426 kishida kasallik tasdiqlangani, oqibatda jami 33 kishi vafot etgani haqida ma’lum qildi”, - degan Filipp Barboza bugun Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Avvalroq, Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi aksariyat hollarda bemorlarning o‘limiga ularning tibbiy muassasalarga juda kech murojaat qilganliklari yoki surunkali kasalliklardan aziyat chekkanliklari sabab bo‘lganini qayd etgan edi.
Vabo – bu Vibrio cholerae mikroorganizmi keltirib chiqaradigan o‘tkir infeksiya. Kasallik diareya bilan kechadi, bu suvsizlanish va qon tomirlari yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha infeksiya ifloslangan suv yoki dengiz mahsulotlari orqali yuqadi.
Osiyo va Afrikaning sharoit yaxshi bo‘lmagan mamlakatlarida vabo epidemiyasi muntazam ravishda qayd etiladi. Bu, birinchi navbatda, aholining katta qismi uchun to‘g‘ri tozalangan ichimlik suvidan doimiy foydalanish imkoniyati yo‘qligi bilan bog‘liq.
Iyul oylarining o‘rtalarida Afg‘onistonda ham vabo tarqala boshlagan edi. Shu sabab O‘zbekiston vabo kasalligini tarqalishini va kelib chiqishini oldini olish yuzasidan qator choralar ko‘rgandi.
Yangiliklar lentasi
0