“Jazeera Airways” Kuvayt va Namangan o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Aleksandr Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. El-Kuveyt
Goroda mira. El-Kuveyt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2022
Obuna bo‘lish
Al-Kuvayt-Namangan yo‘nalishidagi parvozlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. “Jazeera Airways” aviakompaniyasi Al-Kuvayt-Namangan yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
“Dunyo” AA ma’lumotlariga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi birinchi reys 30-sentabr kuni amalga oshiriladi. Haftasiga uchta (dushanba, chorshanba, juma kunlari) reys bo‘lishi kutilmoqda.
"Jazeera Airways" bosh ijrochi direktori Roxit Ramachandranning ta’kidlashicha, bu reys O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlarning sonini sezilarli oshishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning Kuvaytga eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
“Flydubai” Dubay-Namangan yo‘nalishida muntazam parvozlarni boshladi
Eslatib o‘tamiz, “Jazeera Airways” aviakompaniyasi o‘tgan yil iyunida Kuvaytdan Toshkentga aviaqatnovni yo‘lga qo‘ygan edi.
Yangiliklar lentasi
0