https://oz.sputniknews.uz/20220916/ozbekiston-va-hindiston-ozaro-savdoni-1-mlrd-dollarga-etkazmoqchi-28279941.html
O‘zbekiston va Hindiston o‘zaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
O‘zbekiston va Hindiston o‘zaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdi. 16.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-16T20:40+0500
2022-09-16T20:40+0500
2022-09-16T20:40+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hindiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28279778_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_27f6844167c14f187bf666bbd717ac5d.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston yaqin yillarda o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirilgan. Bu haqda Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘tkazgan uchrashuvida ma’lum qilindi.Mirziyoyev va Modi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar hamkorlikni o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda yanada kengaytirish borasida birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.Yetakchilar o‘zaro savdo hajmi oshib borayotganini ko‘rsatib o‘tdilar. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 30 foizga o‘sdi. Keyingi olti yilda qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘paydi.Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, fan va ta’lim sohalarida hamkorlik qilish dasturlarini, shuningdek, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish bitimini tez fursatda qabul qilish va amalga oshirish zarurligi aytildi.Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.O‘zbekiston Hindiston bilan transport aloqalarini, shu jumladan “Chobahor” portidan foydalangan holda mustahkamlashdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.Madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ldi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda Hindistonning uchta universiteti ochildi.Yetakchilar Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish va uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashishdi. Narendra Modi O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-harakatlarini olqishladi.Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishga kelishib olindi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28279778_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_8c037d106cab4881849eba5c05c7d97f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, hindiston
iqtisod, o‘zbekiston, hindiston
O‘zbekiston va Hindiston o‘zaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston yaqin yillarda o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirilgan. Bu haqda Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘tkazgan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Mirziyoyev va Modi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar hamkorlikni o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda yanada kengaytirish borasida birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Yetakchilar o‘zaro savdo hajmi oshib borayotganini ko‘rsatib o‘tdilar. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 30 foizga o‘sdi. Keyingi olti yilda qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘paydi.
“IT, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Yaqin yillarda o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, fan va ta’lim sohalarida hamkorlik qilish dasturlarini, shuningdek, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish bitimini tez fursatda qabul qilish va amalga oshirish zarurligi aytildi.
Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Hindiston bilan transport aloqalarini, shu jumladan “Chobahor” portidan foydalangan holda mustahkamlashdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ldi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda Hindistonning uchta universiteti ochildi.
Yetakchilar Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish va uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashishdi. Narendra Modi O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-harakatlarini olqishladi.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishga kelishib olindi.