Hindiston Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

© AFP 2023 / NOAH SEELAMIndiya.
Indiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Hindistondagi elchisi: Ikki tomon ham o‘sib borayotgan raqobat va o‘z milliy manfaatlarini barqaror himoya qilish sharoitida buni qilish kerakligini tushunadi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Hindiston Rossiyaga dori-darmon, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektronika va avtokomponentlar yetkazib berishni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Rossiyaning Hindistondagi elchisi Denis Alipov RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
“Farmatsevtika sohasida sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, uglevodorod konlari, olmos majmuasini o‘zlashtirish istiqbollari ishlab chiqilmoqda. Rossiya bozoriga dori vositalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektronika, avtokomponentlar, Hindiston bozoriga esa yuqori texnologiyali mahsulotlar, oltin va qimmatbaho metallar yetkazib berishni kengaytirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda”, dedi elchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tog‘-kon sanoati, fuqaro aviatsiyasi va kemasozlik sohasidagi hamkorlik ham jozibador ko‘rinadi.
“Hozir biz nafaqat an’anaviy sanoatda, balki istiqbolli yo‘nalishlarda - raqamlashtirish, fintex, sun’iy intellekt, vodorod energiyasi, shahar qurilishida ilg‘or yechimlar bo‘yicha nostandart yondashuvlar va innovatsion takliflarga muhtojmiz”, dedi diplomat.
“Bugungi kunda o‘zaro tovar ayirboshlashning asosiy qismini uglevodorodlar va o‘g‘itlar yetkazib berish tashkil etadi, chunki hozirda bular eng ko‘p talab qilinadigan sohalardir. Biroq, biz boshqa sohalarda ham noyob imkoniyatlarga duch kelmoqdamiz, bu esa umuman iqtisodiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish imkonini beradi”, dedi elchi.
Uning ta’kidlashicha, Moskva ham, Nyu-Dehli ham “bu vazifalarni to‘liq amalga oshirishdan manfaatdor”.
“Shu bilan birga, har ikki tomon ham o‘sib borayotgan raqobat va o‘z milliy manfaatlarini barqaror himoya qilish sharoitida buni qilish kerakligini tushunadi”, deya qo‘shimcha qildi Alipov.
Avvalroq Alipov 2022-yilning birinchi olti oyida Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 11 milliard dollardan ortiqni tashkil etgani, 2025-yilga borib esa bu ko‘rsatkich 30 milliard dollarga yetishi bashorat qilinayotganini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0