Kurashchi Jalgasbay Berdimuratov jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

© United world wrestlingJalgasbay Berdimuratov
Jalgasbay Berdimuratov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
-82 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jalgasbay Berdimuratov jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Serbiya poytaxti Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 12-sentabr kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha -82 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jalgasbay Berdimuratov musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunlab, kumush medalga sazovor bo‘lgan.
Sportchi hal qiluvchi bellashuvda turkiyalik Burxan Akbudakka qarshi gilamga chiqqan. Murosasiz kechgan bellashuv Akbudakning 7:6 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Avvalroq kurashchi Jasurbek Ortiqboyev mazkur chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0