Hindiston bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Indii Narendra Modi na sammite ShOS v Tashkente
Premyer-ministr Indii Narendra Modi na sammite ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Narendra Modi 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahriga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Hindiston bosh vaziri rasmiy idorasi xabar berdi.
“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bosh vazir Narendra Modi Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining 22-majlisida ishtirok etish uchun 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sammit davomida yetakchilar tashkilotning o‘tgan yigirma yillik faoliyatiga to‘xtalib o‘tishlari hamda ko‘p tomonlama hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilinadi. Narendra Modi sammit doirasida bir nechta ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston — kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0