https://oz.sputniknews.uz/20220908/toshkentda-parlamentlararo-ittifoqqa-azo-davlatlar-ayol-rahbarlarining-sammiti-boshlandi-27878139.html
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining sammiti boshlandi
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining sammiti boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbir avvalida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi. 08.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-08T09:39+0500
2022-09-08T09:39+0500
2022-09-08T09:43+0500
siyosat
toshkent
parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/08/27878286_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_5ddd2fe18887c64be9f67039763ab8a2.jpg
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti boshlandi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.Sammitda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Galina Karelova va boshqalar ishtirok etmoqda.Tadbir avvalida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.Murojaatda qayd etilishicha, O‘zbekistonda deputatlarning deyarli uchdan bir qismini xotin-qizlar tashkil etmoqda.Sammitda ishtirokchilar tomonidan “Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali ta’minlashda xavf-xatarlarni baholash” mavzusini ko‘rib chiqiladi. Xususan, ular pandemiyadan global tiklanishiga to‘sqinlik qilayotgan xatarlarni bartaraf etish masalasini muhokama etishadi.Bundan tashqari, reproduktiv salomatlik sohasidagi zaifligini kamaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar hamda pandemiyadan keyin iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar muhokama qilinadi.Sammit o‘z ishini 9 sentbr kuni ham davom ettiradi. Unda BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/08/27878286_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_61c3cb9dce850cfbd0ba1636307ad918.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, toshkent, parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti
siyosat, toshkent, parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining sammiti boshlandi
09:39 08.09.2022 (yangilandi: 09:43 08.09.2022) Tadbir avvalida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti boshlandi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Sammitda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Galina Karelova va boshqalar ishtirok etmoqda.
Tadbir avvalida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.
Murojaatda qayd etilishicha, O‘zbekistonda deputatlarning deyarli uchdan bir qismini xotin-qizlar tashkil etmoqda.
“Parlamentlararo ittifoqning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Strategik rejasining amalga oshirilishi natijasida so‘nggi 5-yil ichida dunyoda ayol- parlamentariylar soni 23,4 foizdan 26 foizga oshdi”, deydi Tanzila Narbayeva.
Sammitda ishtirokchilar tomonidan “Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali ta’minlashda xavf-xatarlarni baholash” mavzusini ko‘rib chiqiladi. Xususan, ular pandemiyadan global tiklanishiga to‘sqinlik qilayotgan xatarlarni bartaraf etish masalasini muhokama etishadi.
Bundan tashqari, reproduktiv salomatlik sohasidagi zaifligini kamaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar hamda pandemiyadan keyin iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar muhokama qilinadi.
Sammit o‘z ishini 9 sentbr kuni ham davom ettiradi. Unda BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda.