https://oz.sputniknews.uz/20220908/toshkent-xalqaro-kinofestivalida-150-ta-jahon-filmlari-namoyish-etiladi-27884390.html
Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi
Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Kinofestival doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Nukusda afsonaviy o‘zbek filmlari taqdimoti tashkil etiladi. 08.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-08T12:31+0500
2022-09-08T12:31+0500
2022-09-08T12:31+0500
madaniyat
“ipak yo‘li durdonasi” toshkent xalqaro kinofestivali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/08/27882644_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_7ca32ef2546b63319839f729c411c368.jpg
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi. Bu haqda kinofestivalga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Xalqaro tadbir doirasida jahonning 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlari namoyish etiladi. "Jahon kino kunlari" doirasida esa Osiyo, Amerika va Yevropaning 22 ta davlati o‘zlarining eng yaxshi filmlarini namoyish etadi.Ular orasida Rossiya, Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Italiya, Turkmaniston, Turkiya, Fransiya, Estoniya, Janubiy Koreya va boshqalar bor.Shuningdek, kinofestival doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Nukusda afsonaviy o‘zbek filmlari taqdimoti tashkil etiladi. Jami 60 dan ortiq film va 80 dan ortiq multfilmlar namoyish etiladi."O‘zbek kinematografiyasining yuz durdonasi" dasturidan "Oq laylaklar, oppoq laylaklar", "Toshkent – non shahri", "G‘o‘r yoshligim", "Nafosat", "Tohir va Zuhra", "Mahallada duv-duv gap", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "O‘tgan kunlar", "Inson qushlar ortidan boradi" kabi milliy filmlarning oltin to‘plami o‘rin olgan.“Ko‘pchilik xorijiy produserlar O‘zbekistonda film olish uchun mamlakatdagi lokatsiyalarni, chiroyli tabiatni ko‘rib rozilik berishmoqda. Hozirda qo‘shma loyihalar uchun 25 million yevro miqdorida mablag‘ ajratilgan”, - dedi "O‘zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Adilov.Shuningdek, kinofestivalda "ShHT mamlakatlari kino kunlari", "Hujjatli filmlar kunlari", "Retro kino kunlari", "O‘zbekiston kino kunlari", Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti ("TURKSOY") kinoforumi, "MDH mamlakatlari milliy kinostudiyalari rahbarlarining uchrashuvi" bo‘lib o‘tadi. Jahon yulduzlari ishtirokida ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan.Rossiya yulduzlari, “Garri Potter” filmi produseri - Toshkent kinofestivaliga kimlar keladiEslatib o‘tamiz, Toshkent kinofestivali kinofestival 13-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 500 ga yaqin aktor va aktrisalar, rejissor va operatorlar, produser va kinotanqidchilar, kinoshunoslar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/08/27882644_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_8f84d90a2e92e0f21301407ac35b8a0b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, “ipak yo‘li durdonasi” toshkent xalqaro kinofestivali
madaniyat, “ipak yo‘li durdonasi” toshkent xalqaro kinofestivali
Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi
Kinofestival doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Nukusda afsonaviy o‘zbek filmlari taqdimoti tashkil etiladi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi. Bu haqda kinofestivalga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb
xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Xalqaro tadbir doirasida jahonning 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlari namoyish etiladi. "Jahon kino kunlari" doirasida esa Osiyo, Amerika va Yevropaning 22 ta davlati o‘zlarining eng yaxshi filmlarini namoyish etadi.
Ular orasida Rossiya, Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Italiya, Turkmaniston, Turkiya, Fransiya, Estoniya, Janubiy Koreya va boshqalar bor.
“Yangi O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoitlar jahonga mashhur kinoijodkorlar bilan hamkorlikda salmoqli xalqaro loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz,” – deydi XIV Toshkent xalqaro kinofestivali Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.
Shuningdek, kinofestival doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Nukusda afsonaviy o‘zbek filmlari taqdimoti tashkil etiladi. Jami 60 dan ortiq film va 80 dan ortiq multfilmlar namoyish etiladi.
"O‘zbek kinematografiyasining yuz durdonasi" dasturidan "Oq laylaklar, oppoq laylaklar", "Toshkent – non shahri", "G‘o‘r yoshligim", "Nafosat", "Tohir va Zuhra", "Mahallada duv-duv gap", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "O‘tgan kunlar", "Inson qushlar ortidan boradi" kabi milliy filmlarning oltin to‘plami o‘rin olgan.
“Ko‘pchilik xorijiy produserlar O‘zbekistonda film olish uchun mamlakatdagi lokatsiyalarni, chiroyli tabiatni ko‘rib rozilik berishmoqda. Hozirda qo‘shma loyihalar uchun 25 million yevro miqdorida mablag‘ ajratilgan”, - dedi "O‘zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Adilov.
Shuningdek, kinofestivalda "ShHT mamlakatlari kino kunlari", "Hujjatli filmlar kunlari", "Retro kino kunlari", "O‘zbekiston kino kunlari", Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti ("TURKSOY") kinoforumi, "MDH mamlakatlari milliy kinostudiyalari rahbarlarining uchrashuvi" bo‘lib o‘tadi. Jahon yulduzlari ishtirokida ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent kinofestivali kinofestival 13-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 500 ga yaqin aktor va aktrisalar, rejissor va operatorlar, produser va kinotanqidchilar, kinoshunoslar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.