Rossiya va Indoneziya savdo-sotiqni milliy valyutalarga o‘tkazishni muhokama qilmoqda

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishGraffiti v podderjku rublya v Sankt-Peterburge
Graffiti v podderjku rublya v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yil mobaynida 42 foizga o‘sgan.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Jakarta va Moskva savdo-sotiq hisob-kitoblarini milliy valyutalarga o‘tkazish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Indoneziyaning Rossiyadagi elchisi Xose Tavares ma’lum qildi.
“Bank va moliya ekspertlari unda milliy valyutalardagi o‘zaro hisob-kitob masalasi muhokama qilinadigan uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirishmoqda. Albatta, bu bir qancha vaqt talab etadi”, - dedi elchi RIA Novosti bilan suhbatda.
Tavares hozir Indoneziyaning Xitoy, Yaponiya va Tailand bilan shunga o‘xshash kelishuvlari borligini qo‘shimcha qildi va tez orada bu ro‘yxatga Rossiya ham qo‘shilishiga umid bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yil mobaynida 42 foizga oshgan va 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etgan.
Putin dollarga bo‘lgan ishonch yo‘qolganini aytdi
Avvalroq Rossiya o‘z hamkorlari bilan savdo-sotiqda asta-sekin milliy valyutalarga o‘tish rejalarini ma’lum qilgan edi, chunki dollar ishonchli zaxira valyutasi bo‘lmay qolgan. AQSh o‘z xatti-harakatlari bilan dollarga bo‘lgan ishonch yo‘qolishiga sababchi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0