Rossiya o‘z suverenitetini mustahkamlashi - yangi dunyo tartibi paydo bo‘lishiga olib keladi
21:45 08.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023)
© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume
© POOL
/ Obuna bo‘lish
"Ko‘p qutbli dunyo g‘oyasi shundan iboratki – u adolatli bo‘lishi kerak, o‘zini yakkayu-yagona Xudoning er yuzidagi vakili deb hisoblaydigan bir mamlakatning ko‘rsatmalariga asoslan yashamasligi kerak.
Ukrainadagi maxsus operatsiyaning asosiy oqibati Rossiya suverenitetining mustahkamlanishi bo‘ladi – “oxir-oqibat, bu bizning mamlakatimizning ham ichki, ham tashqi siyosatdagi pozitsiyalarining mustahkamlanishiga olib keladi”, dedi Vladimir Putin Vladivostokda.
"Ha, albatta, ma’lum bir qutblanish bor - dunyoda ham, mamlakat ichida ham. Bu faqat foyda keltirishiga ishonaman, chunki keraksiz, zararli va oldinga borishimizga to‘sqinlik qiladigan hamma narsadan voz kechiladi. Biz shunday qilamiz. Taraqqiyot jadal sur’atga ega bo‘ladi, chunki zamonaviy taraqqiyot faqat suverenitetga asoslanishi mumkin. Bu boradagi barcha qadamlarimiz suverenitetni mustahkamlashga qaratilgan”.
Prezidentning Sharqiy iqtisodiy forumda aytgan bu so‘zlarini tadbirning o‘zidan olingan surat ham tasdiqlaydi.
Forumda Vladimir Putinning o‘ng tomonida Manma Davlat ma’muriy kengashi raisi va Qurolli kuchlari qo‘mondoni general Min Aun Xlayn o‘tirdi. Sharqiy Iqtisodiy forum faxriy mehmoni, davlat rahbari - uning Rossiya prezidentidan keyingi o‘rni mutlaqo tabiiy emasmi?
© Sputnik / Sergey Bobylev/Pool / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokdagi VII Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokdagi VII Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida
© Sputnik / Sergey Bobylev/Pool
/ Gap shundaki, general o‘tgan yilning fevral oyida Manmani boshqarishga kirishgan edi. U saylovda g‘alaba qozongan mamlakat asoschisining qizi Aun San Su Chjini davlat boshqaruvidan kuch bilan chetlashtirib, o‘zi hukumat boshiga kelgan edi. General saylovlarda qonunbuzarliklar bo‘lganiga da’vo qilgan bo‘lsa-da qator G‘arb davlatlari va ASEAN yangi hukumatni tan olmagan. Malakatda sobiq hokimiyat tarafdorlari (muxolifat) va harbiylar hukumati orasida qarama-qarshiliklar sodir bo‘ldi, minglab odamlar qurbon bo‘ldi.
Aytish joizki, Manmaning 75-yillik mustaqil tarixi markaziy hukumatning mamlakat birligini saqlab qolish uchun tinimsiz kurashi bilan o‘tgan. Siyosiy birlik bo‘lmasa ham – hududiy birlikni saqlab qolish uchun.
Chunki Manma bir vaqtlar Britaniya mustamlakasi bo‘lgan Hindistonining bir qismi bo‘lgan va bir u yerad turli xalqlar yashaydi. Ularning ba’zilari markaziy hukumatni umuman tan olmagan. O‘nlab yillar davomida ayrim viloyatlarda partizanlar urushi bo‘lib kelgan va hukumat hech qachon mamlakatning butun hududini to‘liq nazorat qilmagan.
Shuning uchun Manma mustaqilligining deyarli barcha yillarida harbiylar hukmronlik qilgani ajablanarli emas. Faqat 50 - yillar va 2015-yildan keyingi davr bundan mustasno. Ushbu vaqt ichida hamma narsa bor edi: sotsializmning o‘ziga xos versiyasini qurish va SSSR bilan do‘stlik, kapitalizmga o‘tish, ko‘p partiyaviylik tizim qurish va hokazo.
Yetti yil avval aynan general Min Aun Xlayn bosh qo‘mondon sifatida hokimiyatni tinch aholiga topshirgan edi. Aynan o‘sha hokimiyatdan chetlatilgan Su Chji qo‘liga. Lekin nima uchun Manmaning ichki ishlari Rossiya suvereniteti mustahkamlanayotganini tushunish uchun muhim?
Chunki general Xlayn Rossiyaga birinchi marta kelganidan yiroq: 2017-yildan buyon Rossiyaga yiliga bir necha marta kelib-ketgan. U Moskva va viloyatlarga tashrif buyurdi, buddizm pagodalarini ochdi, Qizil maydondagi harbiy paradlarda qatnashdi va harbiy zavodlarga tashrif buyurdi. Manma uzoq vaqtdan beri Rossiya qurollarini sotib oladi. Oxirgi marta u Rossiyaga bor-yo‘g‘i ikki oy oldin shaxsiy tashrif bilan kelgan edi. Vladivostokdagi hozirgi uchrashuv uning Putin bilan birinchi rasmiy uchrashuvidir. Nega?
Chunki, Manmaning geosiyosiy ahamiyati katta bo‘lishiga qaramasdan (mamlakat Xitoy, Hindiston va AQSh kurashining chorrahasida joylashgan), Rossiya Manmaning haqiqiy hukmdori general Xlayn bilan aloqalarini oshkor etishni istamagan edi. General Rossiyada Mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda Patrushev va Lavrov bilan uchrashgan.
Lekin rasmiy Kreml ma’lum masofani saqlab kelayotgan edi. Myanmada o‘tgan yilgi davlat “to‘ntarish” dan keyin Rossiya yangi hukumatga Xitoy bilan birga diplomatik yordam ko‘rsatdi, shu jumladan BMT Xavfsizlik Kengashi darajasida ham. Endi bo‘lsa birinchi shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish vaqti keldi.
Shuning uchun, 24-fevraldan keyin Rossiya G‘arb bilan shunchaki to‘qnash kelmadi: biz ular o‘ylab topgan qoidalar bo‘yicha o‘ynashni to‘xtatdik. Vladivostokda so‘zlagan Putin Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan keyin Rossiyani xalqaro huquqni buzganlikda ayblashini quyidagicha tavsifladi: biz DXR va LXR bilan kelishuvlarimiz asosida bunga haqli edik. G‘arb davlatlari Iroq, Liviya yoki Yugoslaviyaga hujum qilishda nimaga tayandilar? Ularning o‘zlari xalqaro huquqni buzadilar va keyin "qandaydir o‘ylab topilgan qoidalar haqida gapiradilar":
"Bu qanday qoidalar? Ular qayerdan paydo bo‘ldi? Bu qoidalarni kim o‘ylab topdi? Ularning o‘zlari yashasinlar."
Bu juda muhim nuqta: Rossiya endi G‘arbga xalqaro huquqni talqin qilish huquqini bermaydi. Biz oldin ham bu haqida gapirar edik, lekin baribir o‘z harakatlarimizda ma’lum darajada G‘arb “qoidalariga asoslangan tartib” bilan hisoblashishga harakat qilardik. So‘nggi yillarda bu atama G‘arbda tobora ko‘proq qo‘llanilib, "liberal dunyo tartibi" deya atala boshladi. Biz esa uni "anglo-sakslarning globalistik loyihasi" deb ataymiz. Uning yordamida atlantikachilar Putin "Amerika global iqtisodiyot va siyosatda tobora yo‘qotib borayotgan hukmronligi"ni saqlab qolishga harakat qilishdi:
"G‘arb davlatlari faqat o‘zlari uchun foydali bo‘lgan eski dunyo tartibini saqlab qolishga, hammani o‘zlari o‘ylab topgan va o‘zlari muntazam ravishda buzadigan mashhur "qoidalar" bo‘yicha yashashga majbur qilishga intilmoqda. Shu bilan birga, boshqa davlatlarning bunday diktatga bo‘ysunishni istamasligi va o‘zboshimchaliklari G‘arb elitasini, sodda qilib aytganda, uzoqni ko‘zlamaydigan avanturistik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda – ham dunyo xavfsizligi, ham siyosat ham iqtisodiyot nuqtayi nazaridan. Bu qarorlarning barchasi mamlakatlar va xalqlar manfaatlariga zid keladi. Jumladan G‘arb davlatlari fuqarolarining o‘zlari uchun ham”, - dedi Putin.
"Qoidalarga asoslangan tartib" ga bo‘yso‘nmaganlarga har doim bosim bo‘lgan. Rossiya ayniqsa 2014-yildan so‘ng bunga to‘liq duch keldi va 2022-yilda buni to‘liq his qildi. G‘arb bizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri “moxov davlat” deb e’lon qildi. Lekin oldin ham ko‘plab davlatlar shunday vaziyatga tushgan edi: Iroq va Shimoliy Koreya, Eron va Venesuela, Sudan va Suriya. Ha, va Manmani ham bir necha bor "burchakka siqib" olishga urinib ko‘rishdi. Ilgari Rossiya Manma bilan munosabatlarini to‘xtatmagan bo‘lsa ham, G‘arbning pozitsiyasi bilan hisoblashishi kerak edi. Xuddi bizning KXDR yoki Sudan yoki G‘arb tomonidan "izolyatsiya" qilingan boshqa davlatlar bilan munosabatlarimiz kabi.
24 fevraldan keyin hamma narsa o‘zgardi: bizda endi atlantikachilar bilan diplomatik o‘yin o‘ynash, ular o‘ylab topgan atamalardan foydalanib gaplashish uchun hech qanday sabab yo‘q. Va bu bizga g‘arbiy bo‘lmagan dunyoning turli mamlakatlari bilan munosabatlarni o‘rnatishda yangi imkoniyatlar ochadi. Bu - Rossiya butunlay mustaqil bo‘lib borayotganini, o‘z geosiyosiy strategiyasini o‘z manfaatlari va g‘oyalari asosida qurayotganini hammaga namoyish etadi. Va bu manfaatlar endi Sharq va Janubda yotadi.
G‘arb bizga qarama-qarshilik tarafni egallab, o‘zining tarixiy tanlovni amalga oshirgandan so‘ng, biz shuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishimiz mumkinki – bizning manfaatlarimizga strategik zaiflashgan va bo‘lingan G‘arb to‘g‘ri keladi.
Ammo bizning asosiy garovimiz ketayotgan gegemonga qarshi o‘yinda emas, balki yangi arxitektura qurilishida. Vladivostokda Putin yana biz intilayotgan dunyo tartibini qisqacha tavsiflab berdi:
"Ko‘p qutbli dunyo g‘oyasi shundan iboratki – u adolatli bo‘lishi kerak, o‘zini yakkayu-yagona Xudoning er yuzidagi vakili deb hisoblaydigan bir mamlakatning ko‘rsatmalariga asoslan yashamasligi kerak.
Har bir davlat o‘z armiyasi, hududi, yalpi ichki mahsulot hajmi yoki zamonaviy qurollarning mavjudligidan qat’iy nazar, boshqa mamlakatlar manfaatlarini hurmat qilishi, ularga teng huquqli munosabatda bo‘lish kerak. Har kim o‘zi o‘ylab topgan qoidalarga emas, balki xalqaro huquq tamoyillariga tayanishi kerak.
Adolatli va barqarr dunyo tartibi ana shunday bo‘lishi kerak. Biz hamisha ana shu tamoyildan kelib chiqqanmiz va o‘z suverenitetimiz uchun kurashamiz. Aynan shu shartlar asosiada biz istalgan davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Ishonchim komilki, dunyoda oxir-oqibat hammasi shunday bo‘ladi, hammasi o‘z joyiga qaytadi”.
Hamkorlar bilan munosabatlarni mustaqil ravishda belgilash va bunda “qoida o‘rnatuvchilar” ma’qullashini kutmaslik – ana shu o‘z suverenitetni mustahkamlash deb ataladi.