Aeroportda qo‘lga olingan timsohlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi - video

© Press-slujba Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta UzbekistanaV aeroportu Tashkenta presekla vvoz detenishey krokodila iz Yegipta
V aeroportu Tashkenta presekla vvoz detenishey krokodila iz Yegipta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda timsohlar qattiq himoyaga olingan maxsus joylarda saqlanmoqda va zarur issiqlik, yorug‘lik, hamda oziq-ovqat bilan ta’minlangan.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘iga 57 nafar Nil timsohchalari olib kelindi. Bu haqida hayvonot bog‘i matubot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, timsoh bolalari O‘zbekistonga olib kirishga urinishgan vaqtda aeroport bojxona xizmati tomonidan olib qo‘yilgan.
“Mitti jonivorlar meva va sabzavotlar orasida folga qog‘ozga o‘ralgan plastik idishlarda tashilgan. Bu esa ularning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazgan. Ularni qabul qilgan chog‘imiz ular o‘ta abgor, ba’zilari juda zaif holatda edi”, deyiladi xabarda.
Hozirda ular xodimlar tomonidan qattiq himoyaga olingan maxsus joylarda saqlanmoqda va zarur issiqlik, yorug‘lik, hamda oziq-ovqat bilan ta’minlangan.
Ularga go‘sht bo‘laklari, baliq, yangi tug‘ilgan sichqonchalar, mayda baliq va hasharotlar bilan boqilmoqda.
Timsoh bolalarining o‘sish va rivojlanish dinamikasini kuzatish va nazorat qilish maqsadida tarozida torilib, o‘lchandi.
Malumot uchun, Nil timsohlari yer yuzidagi eng katta sudralib yuruvchilardan biri bo‘lib, ular ulkan hajmga ega (5-6 m va undan yuqori). Ular barcha hayvonot bog‘ilarida ham saqlanmasligi mumkin, chunki ushbu timsohlar hayoti uchun keng suv ombori va malakali parvarish zarur.
Hozirda Toshkent hayvonot bog‘ida Adam laqabli Nil timsoh mavjud, uning o‘lchami taxminan 3 metrga yetadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qilishicha, mazkur timsoh bolalarining umumiy qiymati 918,5 million so‘mni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0