https://oz.sputniknews.uz/20220906/peskov-putin-qachon-donbassga-borishi-mumkinligini-aytdi-27819463.html
Peskov Putin qachon Donbassga borishi mumkinligini aytdi
Peskov Putin qachon Donbassga borishi mumkinligini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat bu hududlarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarga ega. 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T16:11+0500
2022-09-06T16:11+0500
2022-09-06T16:11+0500
rossiya
vladimir putin
donbass
dmitriy peskov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1f/26689651_0:0:2926:1646_1920x0_80_0_0_552aa22379703ddc91a1f5e6f5d9fb1c.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “vaqti kelganda” Donbasga tashrif buyuradi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidladi.Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat bu hududlarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarga ega.24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
donbass
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1f/26689651_539:0:2926:1790_1920x0_80_0_0_748116c92f46bdc634a87d6b0a8df647.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin, donbass, dmitriy peskov
rossiya, vladimir putin, donbass, dmitriy peskov
Peskov Putin qachon Donbassga borishi mumkinligini aytdi
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat bu hududlarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarga ega.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “vaqti kelganda” Donbasga tashrif buyuradi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov
ta’kidladi. “Prezidentning safariga kelsak, vaqti kelsa, bunday safar ham bo‘lishiga shubha qilmayman”, dedi u.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat bu hududlarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarga ega.
“Qurilish davom etayotganini, yangi obyektlar ishga tushirilayotganini, hayotni ta’minlashning barcha tizimlarini tiklash bo‘yicha qizg‘in sa’y-harakatlar qilinayotganini ko‘rapsiz. Bular suv ta’minoti, elektr ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlari. Ishlar faol olib borilmoqda, u yerda ko‘p minglab odamlar ishlaydi”, deya qo‘shimcha qildi Kreml matbuot kotibi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.