https://oz.sputniknews.uz/20220906/islom-davlatlarning-shhtga-qoshilishi-atlantika-ittifoqiga-hukm-boladi-27820146.html
Musulmon davlatlari NATOga "yo‘q!" deyish yo‘lini topdi
Musulmon davlatlari NATOga "yo‘q!" deyish yo‘lini topdi
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb islom olamini o‘z orbitasida saqlab qolishiga va undan Pekin va Moskvaga qarshi o‘yinlarida foydalanishiga ishonchi komil. Lekin yetakchi islom davlatlarining... 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T21:52+0500
2022-09-06T21:52+0500
2023-04-05T18:39+0500
kolumnistlar
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
xitoy
turkiya
saudiya arabistoni
hindiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Kovid tufayli e’lon qilingan karantin endi to‘siq emas – ko‘p tomonlama sammitlar diplomatik amaliyotga qaytmoqda. Birinchidan, G‘arb yuzma-yuz uchrashuvlarga qaytdi (YeI va NATO sammitlari bo‘lib o‘tdi), endi esa navbat Sharqqa keldi.Osiyo davlat rahbarlari 3-yildan ko‘proq vaqt davomida yig‘ilishmagan edi, biroq bir haftadan so‘ng Samarqandda ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi va bu tadbirga tashkilotning barcha yetakchilari ilk bor yig‘ilishadi. Xitoy raisi Si Szinpinning kelishi so‘nggi lahzagacha noma’lum edi– ba’zi manbaalar u oktabr oyi o‘rtalariga rejalashtirilgan Kommunistik partiya qurultoyiga qadar Pekinni tark etmaydi, deb ishongan edi. Ammo kecha Xitoy rahbarining Qozog‘istonga tashrifi e’lon qilindi. Demak uning O‘zbekistonga borishini ham hal qilingan deyish mumkin.Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etish niyatini tasdiqladi.Si va Putin o‘rtasidagi uchrashuv bu yil ikkinchisi, ammo Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlanganidan beri birinchisi bo‘ladi. Hindiston Bosh vaziri Modi va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Samarqandda ilk bor uchrashadi – munosabatlari keskinroq bo‘lgan ikki qo‘shni davlat uchun ShHT muhim muloqot maydoniga aylanmoqda. Shanxay Hamkorlik tashkilotining o‘zi esa o‘zining dastlabki formati – Markaziy Osiyoda xavfsizlik bo‘yicha Rossiya -Xitoy ittifoqidan (Markaziy Osiyo respublikalari ishtirokida) tezlik bilan o‘sib bormoqda. Endi u to‘rtta yadroviy davlatdan iborat, ya’ni deyarli barcha yadro quroliga ega bo‘lgan sharqiy davlatlardan (KXDRdan tashqari) iborat.O‘zbekistonda ShHTning sakkiztalik davlatlar guruhidan to‘qqiztalikka aylanadi – Eronning ShHTga kirish jarayoni yakunlanadi. Ammo tashkilot "to‘qqizlik" ko‘rinishida uzoq qolmaydi – Belarus kuzatuvchi maqomidan to‘laqonli a’zoga aylanishi ham yaqin vaqt ichida sodir bo‘ladi. Lekin bu ham hammasi emas. Yana bir necha davlatlar, jumladan, ancha nufuzli davlatlar ham ShHTga a’zo bo‘lishni istamoqda.So‘nggi yillarda tashkilotda to‘rtta kuzatuvchi bor edi (a’zolikka nomzodlar desa ham bo‘ladi), ammo hozir Eron tashkilotga a’zo, Belarus o‘tish jarayonini boshlamoqda. Faqat Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston qolmoqda. Agar ilgari mamlakatda Amerika qo‘shinlarining mavjudligi Afg‘onistonning qo‘shilishi uchun asosiy to‘siq bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu muammo mavjud emas - shuning uchun uning ShHT a’zoligiga qabul qilinishi, shubhasiz, darhol bo‘lmasa ham, mamlakatda barqarorlik o‘rnatilganidan keyin amalga oshiriladi (tabiiyki, ShHT mamlakatlari yordamida). Mo‘g‘uliston har qanday vaqtda to‘laqonli ishtirokchi bo‘lishi mumkin - a’zo davlatlarning hech biri e’tirozi yo‘q, lekin uning o‘zi biroz ikkilanib turibdi va kuzatuvchi bo‘lib qolishni afzal ko‘rdi. Global keskinlikning kuchayishi Ulan-Batorning pozitsiyasiga ham ta’sir qiladi - ShHTga a’zo bo‘lishni xohlovchilar navbati ham Mo‘g‘uliston rahbariyatini faolroq bo‘lishga undashi mumkinligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lishni hohlovchilar avval ham bo‘lgan, lekin bu yil ular so‘zdan amalga o‘tdi. Gap, xususan, ShHTning "muloqot bo‘yicha hamkorlari" (yana bir hamkorlik formati) Armaniston, Ozarbayjon, Kambodja, Nepal, Shri-Lanka, Turkiya, Qatar, Misr, Saudiya Arabistoni haqida. Ushbu ro‘yxatdagi so‘nggi uch mamlakat ushbu maqomni bir yil oldin olgan bo‘lsa-da, ular allaqachon uni oshirishni istagida. Ya’ni, ular dastlab kuzatuvchi bo‘lishi va keyinchalik tashkilotga to‘liq qo‘shilishlari mumkin. Suriya va Manma ham unga qo‘shilishni istaydi va Birlashgan Arab Amirliklari hatto ularni zudlik bilan ShHT a’zolari sifatida qabul qilishni so‘radi. Buning imkoni bo‘lmasa-da, bu o‘z-o‘zidan tashkilotga qiziqishning keskin ortishi haqida gapiradi. Gapni lo‘ndasini aytganda - ular Xitoy va Rossiyaga yaqinroq bo‘lishni istaydi.Buning sabablarini quyidagicha tushunish mumkin: o‘tgan so‘nggi o‘n yillik davomida g‘arbiy bo‘lmagan dunyo mamlakatlari sekin asta jipslashib kelganini kuzatish mumkin. 2020-yil boshida bu jarayon yanada tezlashdi. Birinchidan, kovid va u sabab bo‘lgan blokirovkalar globallashuvning inqiroziga olib keldi. Keyin Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘arbning Rossiyani cheklashga urinishi dunyoni ikki lagerga bo‘lishni boshladi. Va uchinchidan Tayvan muammosi G‘arb va Xitoy orasidagi munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi.Natijada dunyo mamlakatlari kim bilan bo‘lishi haqida o‘zi uchun qaror qabul qilishga majbur. Bunday sharoitda islom olamining ko‘plab nufuzli davlatlari uchun eng yaxshi tanlov - bu ikki kuch qutbidan, ya’ni Rossiya-Xitoy hamda AQSh-Yevropa Ittifoqidan teng masofada qolish va o‘z mustaqilligini namoyish etishdir. Ammo Turkiya va Saudiya Arabistoni kabi AQSh harbiy ittifoqchilari o‘z mustaqilligini qanday namoyish qilishi mumkin? - ShHTga a’zo bo‘lish orqali. Ha, bu harbiy blok emas, lekin tashkilotga tegishli bo‘lish G‘arbning Rossiyaga va Xitoyga qarshi har qanday kombinatsiyalarida qatnashishni istamasligini aniq ko‘rsatadi.Ha, bu islom mamlakatlarining o‘zaro munosabatlari (ayniqsa Saudiya-Eron) oddiy emas, biroq avvalroq G‘arb o‘zining global o‘yinida ularning qarama-qarshiliklaridan faol foydalangan. Rossiya va Xitoy esa musulmonlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishdan emas, balki ularni yangi, G‘arbdan keyingi dunyo tartibini qurishga jalb qilishdan manfaatdor. Agar uch buyuk davlat - Rossiya, Xitoy va Hindiston o‘zlarining yangi dunyo tartibi ustidagi ishlarida islom olami bilan strategik aloqalarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishsa, bu anglo-saksonlarning global hukmronligi loyihasi bo‘yicha yakuniy hukmga teng bo‘ladi.Endi bo‘lsa atlantikachilar nafaqat Rossiya va Xitoy bilan qarama-qarshi turishga, balkimHindiston va Xitoy orasida nizo chiqarishga pul tikishmoqda. Va ular islom olamini o‘z orbitasida saqlab qolishga va undan hatto Pekin va Moskvaga qarshi o‘yinlarida ham foydalanishga ishonchlari komil. Shu bois ShHTning "islomlashishi" anglo-sakson loyihasi uchun kuchli zarba bo‘ladi va alyansning sanoqli kunlari qolganining belgisi bo‘ladi.
xitoy
turkiya
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
kolumnistlar, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), xitoy, turkiya, saudiya arabistoni, hindiston, rossiya
kolumnistlar, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), xitoy, turkiya, saudiya arabistoni, hindiston, rossiya
Musulmon davlatlari NATOga "yo‘q!" deyish yo‘lini topdi
21:52 06.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) G‘arb islom olamini o‘z orbitasida saqlab qolishiga va undan Pekin va Moskvaga qarshi o‘yinlarida foydalanishiga ishonchi komil. Lekin yetakchi islom davlatlarining ShHTga qo‘shilishi - alyansning sanoqli kunlari qolganining belgisi bo‘ladi.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Kovid tufayli e’lon qilingan karantin endi to‘siq emas – ko‘p tomonlama sammitlar diplomatik amaliyotga qaytmoqda. Birinchidan, G‘arb yuzma-yuz uchrashuvlarga qaytdi (YeI va NATO sammitlari bo‘lib o‘tdi), endi esa navbat Sharqqa keldi.
Osiyo davlat rahbarlari 3-yildan ko‘proq vaqt davomida yig‘ilishmagan edi, biroq bir haftadan so‘ng Samarqandda ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi va bu tadbirga tashkilotning barcha yetakchilari ilk bor yig‘ilishadi. Xitoy raisi Si Szinpinning kelishi so‘nggi lahzagacha noma’lum edi– ba’zi manbaalar u oktabr oyi o‘rtalariga rejalashtirilgan Kommunistik partiya qurultoyiga qadar Pekinni tark etmaydi, deb ishongan edi. Ammo kecha Xitoy rahbarining Qozog‘istonga tashrifi e’lon qilindi. Demak uning O‘zbekistonga borishini ham hal qilingan deyish mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etish niyatini tasdiqladi.
Si va Putin o‘rtasidagi uchrashuv bu yil ikkinchisi, ammo Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlanganidan beri birinchisi bo‘ladi. Hindiston Bosh vaziri Modi va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Samarqandda ilk bor uchrashadi – munosabatlari keskinroq bo‘lgan ikki qo‘shni davlat uchun ShHT muhim muloqot maydoniga aylanmoqda. Shanxay Hamkorlik tashkilotining o‘zi esa o‘zining dastlabki formati – Markaziy Osiyoda xavfsizlik bo‘yicha Rossiya -Xitoy ittifoqidan (Markaziy Osiyo respublikalari ishtirokida) tezlik bilan o‘sib bormoqda. Endi u to‘rtta yadroviy davlatdan iborat, ya’ni deyarli barcha yadro quroliga ega bo‘lgan sharqiy davlatlardan (KXDRdan tashqari) iborat.
O‘zbekistonda ShHTning sakkiztalik davlatlar guruhidan to‘qqiztalikka aylanadi – Eronning ShHTga kirish jarayoni yakunlanadi. Ammo tashkilot "to‘qqizlik" ko‘rinishida uzoq qolmaydi – Belarus kuzatuvchi maqomidan to‘laqonli a’zoga aylanishi ham yaqin vaqt ichida sodir bo‘ladi. Lekin bu ham hammasi emas. Yana bir necha davlatlar, jumladan, ancha nufuzli davlatlar ham ShHTga a’zo bo‘lishni istamoqda.
So‘nggi yillarda tashkilotda to‘rtta kuzatuvchi bor edi (a’zolikka nomzodlar desa ham bo‘ladi), ammo hozir Eron tashkilotga a’zo, Belarus o‘tish jarayonini boshlamoqda. Faqat Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston qolmoqda. Agar ilgari mamlakatda Amerika qo‘shinlarining mavjudligi Afg‘onistonning qo‘shilishi uchun asosiy to‘siq bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu muammo mavjud emas - shuning uchun uning ShHT a’zoligiga qabul qilinishi, shubhasiz, darhol bo‘lmasa ham, mamlakatda barqarorlik o‘rnatilganidan keyin amalga oshiriladi (tabiiyki, ShHT mamlakatlari yordamida). Mo‘g‘uliston har qanday vaqtda to‘laqonli ishtirokchi bo‘lishi mumkin - a’zo davlatlarning hech biri e’tirozi yo‘q, lekin uning o‘zi biroz ikkilanib turibdi va kuzatuvchi bo‘lib qolishni afzal ko‘rdi. Global keskinlikning kuchayishi Ulan-Batorning pozitsiyasiga ham ta’sir qiladi - ShHTga a’zo bo‘lishni xohlovchilar navbati ham Mo‘g‘uliston rahbariyatini faolroq bo‘lishga undashi mumkinligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lishni hohlovchilar avval ham bo‘lgan, lekin bu yil ular so‘zdan amalga o‘tdi. Gap, xususan, ShHTning "muloqot bo‘yicha hamkorlari" (yana bir hamkorlik formati) Armaniston, Ozarbayjon, Kambodja, Nepal, Shri-Lanka, Turkiya, Qatar, Misr, Saudiya Arabistoni haqida. Ushbu ro‘yxatdagi so‘nggi uch mamlakat ushbu maqomni bir yil oldin olgan bo‘lsa-da, ular allaqachon uni oshirishni istagida. Ya’ni, ular dastlab kuzatuvchi bo‘lishi va keyinchalik tashkilotga to‘liq qo‘shilishlari mumkin. Suriya va Manma ham unga qo‘shilishni istaydi va Birlashgan Arab Amirliklari hatto ularni zudlik bilan ShHT a’zolari sifatida qabul qilishni so‘radi. Buning imkoni bo‘lmasa-da, bu o‘z-o‘zidan tashkilotga qiziqishning keskin ortishi haqida gapiradi. Gapni lo‘ndasini aytganda - ular Xitoy va Rossiyaga yaqinroq bo‘lishni istaydi.
Buning sabablarini quyidagicha tushunish mumkin: o‘tgan so‘nggi o‘n yillik davomida g‘arbiy bo‘lmagan dunyo mamlakatlari sekin asta jipslashib kelganini kuzatish mumkin. 2020-yil boshida bu jarayon yanada tezlashdi. Birinchidan, kovid va u sabab bo‘lgan blokirovkalar globallashuvning inqiroziga olib keldi. Keyin Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘arbning Rossiyani cheklashga urinishi dunyoni ikki lagerga bo‘lishni boshladi. Va uchinchidan Tayvan muammosi G‘arb va Xitoy orasidagi munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi.
Natijada dunyo mamlakatlari kim bilan bo‘lishi haqida o‘zi uchun qaror qabul qilishga majbur. Bunday sharoitda islom olamining ko‘plab nufuzli davlatlari uchun eng yaxshi tanlov - bu ikki kuch qutbidan, ya’ni Rossiya-Xitoy hamda AQSh-Yevropa Ittifoqidan teng masofada qolish va o‘z mustaqilligini namoyish etishdir. Ammo Turkiya va Saudiya Arabistoni kabi AQSh harbiy ittifoqchilari o‘z mustaqilligini qanday namoyish qilishi mumkin? - ShHTga a’zo bo‘lish orqali. Ha, bu harbiy blok emas, lekin tashkilotga tegishli bo‘lish G‘arbning Rossiyaga va Xitoyga qarshi har qanday kombinatsiyalarida qatnashishni istamasligini aniq ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqandga, ehtimol Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga ham uchadi. Bu holda, "to‘qqizlik" ShHT norasmiy bo‘lsada, "klub-11" ga, ya’ni Rossiya, Xitoy, Hindiston va islom dunyosining to‘rtta eng muhim davlati uchrashadigan platformaga aylanadi. (Saudiya Arabistoni " eng boy va eng nufuzli", Eron - "eng qadimiy va xolis", Turkiya - "eng rivojlangan va da’vogar", Pokiston - "yagona yadroviy"). Ammo ShHT kuzatuvchilari orasida “arab dunyosining asosiy davlati” – Misr va “axborot va tashviqot giganti” - Qatar ham bor.
Ha, bu islom mamlakatlarining o‘zaro munosabatlari (ayniqsa Saudiya-Eron) oddiy emas, biroq avvalroq G‘arb o‘zining global o‘yinida ularning qarama-qarshiliklaridan faol foydalangan. Rossiya va Xitoy esa musulmonlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishdan emas, balki ularni yangi, G‘arbdan keyingi dunyo tartibini qurishga jalb qilishdan manfaatdor. Agar uch buyuk davlat - Rossiya, Xitoy va Hindiston o‘zlarining yangi dunyo tartibi ustidagi ishlarida islom olami bilan strategik aloqalarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishsa, bu anglo-saksonlarning global hukmronligi loyihasi bo‘yicha yakuniy hukmga teng bo‘ladi.
Endi bo‘lsa atlantikachilar nafaqat Rossiya va Xitoy bilan qarama-qarshi turishga, balkimHindiston va Xitoy orasida nizo chiqarishga pul tikishmoqda. Va ular islom olamini o‘z orbitasida saqlab qolishga va undan hatto Pekin va Moskvaga qarshi o‘yinlarida ham foydalanishga ishonchlari komil. Shu bois ShHTning "islomlashishi" anglo-sakson loyihasi uchun kuchli zarba bo‘ladi va alyansning sanoqli kunlari qolganining belgisi bo‘ladi.