https://oz.sputniknews.uz/20220906/hindiston-rossiya-nefti-narxini-cheklash-haqidagi-g7-taklifini-organib-chiqishni-vada-berdi-27814814.html
Hindiston Rossiya nefti narxini cheklash haqidagi G7 taklifini o‘rganib chiqishni va’da berdi
Hindiston Rossiya nefti narxini cheklash haqidagi G7 taklifini o‘rganib chiqishni va’da berdi
Sputnik O‘zbekiston
Hindiston Rossiya nefti narxini cheklash taklifini sinchiklab o‘rganib chiqaldi, chunki bu masalada juda ko‘p omillar bor. 06.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-06T13:28+0500
2022-09-06T13:28+0500
2022-09-06T13:28+0500
dunyoda
neft
gaz
chegara
hindiston
g7
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1a/26551003_0:0:3047:1714_1920x0_80_0_0_0258ec15b090c9999bb2555773aabad3.jpg
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Hindiston G7 davlatlarining Rossiya nefti narxini cheklash bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlash yoki rad etishini diqqat bilan shrganib chiqadi, dedi Hindiston neft va gaz vaziri Hardip Singx Puri Milanda bo‘lib o‘tgan Gastech 2022 ko‘rgazmasida.Vazirning qo‘shimcha qilishicha, taklif qilingan narxlar chegarasida qaysi davlatlar ishtirok etishi va bu bozorlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi hali ham noma’lum.Hindiston Rossiya nefti importini kamaytirmoqdaAvvalroq Vortexa kompaniyasi tahlilchilari Hindiston so‘nggi ikki oy ichida Rossiyadan neft importini kamaytirgani, biroq Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga nisbatan qo‘ygan cheklovlari fonida uni oshirishi mumkinligini bashorat qilgan edi.Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston avgust oyida kuniga 738 024 barrel Rossiya xom neftini sotib oldi, bu iyuldan 18 foizga va iyundan 24,5 foizga kam. Qayd etilishicha, bu Hindistonga neft importining umumiy qisqarishi fonida sodir bo‘lgan – avgust oyida u kuniga 4 049 167 barrelgacha pasaygan, bu iyul oyiga nisbatan 13 foizga va iyun oyiga nisbatan 15 foizga kamdir.“Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya neftini import qilish taqiqi yaqinlashar ekan, yaqin oylarda Hindistonga ko‘proq rus nefti import qilinishi muqarrar deb bilaman ”, - dedi Vortexa tahlilchisi Serena Xuang Economic Times nashriga.Rossiya nefti narxi chegarasiEslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni Katta yettilik mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya) moliya vazirlari Rossiya neftiga nisbatan “narx chegarasi” joriy etishga kelishib oldilar.Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novakning so‘zlariga ko‘ra, Moskva, shunchaki ushbu chorani qo‘llab-quvvatlagan davlatlarga xom ashyo yetkazib bermaydi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aniqlik kiritishicha, agar narx cheklovlari joriy etilsa, yoqilg‘i faqat bozor sharoitida ishlaydigan mamlakatlarga yo‘naltiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1a/26551003_4:0:2735:2048_1920x0_80_0_0_174d338ce35225881d9db0b3f7123058.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, neft, gaz, chegara, hindiston, g7
dunyoda, neft, gaz, chegara, hindiston, g7
Hindiston Rossiya nefti narxini cheklash haqidagi G7 taklifini o‘rganib chiqishni va’da berdi
Hindiston Rossiya nefti narxini cheklash taklifini sinchiklab o‘rganib chiqaldi, chunki bu masalada juda ko‘p omillar bor.
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Hindiston G7 davlatlarining Rossiya nefti narxini cheklash bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlash yoki rad etishini diqqat bilan shrganib chiqadi, dedi Hindiston neft va gaz vaziri Hardip Singx Puri Milanda bo‘lib o‘tgan Gastech 2022 ko‘rgazmasida.
"Bu masalada juda ko‘p omillar bor va u qizg‘in muhokama bo‘lmoqda... Bu taklif nimani anglatadi? Biz buni juda diqqat bilan o‘rganib chiqamiz ", - dedi Puri CNBC telekanalining Hindiston Rossiya neft narxini cheklash taklifiga qo‘shiladimi, degan savoliga javoban.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, taklif qilingan narxlar chegarasida qaysi davlatlar ishtirok etishi va bu bozorlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi hali ham noma’lum.
Hindiston Rossiya nefti importini kamaytirmoqda
Avvalroq Vortexa kompaniyasi tahlilchilari Hindiston so‘nggi ikki oy ichida Rossiyadan neft importini kamaytirgani, biroq Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga nisbatan qo‘ygan cheklovlari fonida uni oshirishi mumkinligini bashorat qilgan edi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston avgust oyida kuniga 738 024 barrel Rossiya xom neftini sotib oldi, bu iyuldan 18 foizga va iyundan 24,5 foizga kam. Qayd etilishicha, bu Hindistonga neft importining umumiy qisqarishi fonida sodir bo‘lgan – avgust oyida u kuniga 4 049 167 barrelgacha pasaygan, bu iyul oyiga nisbatan 13 foizga va iyun oyiga nisbatan 15 foizga kamdir.
“Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya neftini import qilish taqiqi yaqinlashar ekan, yaqin oylarda Hindistonga ko‘proq rus nefti import qilinishi muqarrar deb bilaman ”, - dedi Vortexa tahlilchisi Serena Xuang Economic Times nashriga.
Rossiya nefti narxi chegarasi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni Katta yettilik mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya) moliya vazirlari Rossiya neftiga nisbatan “narx chegarasi” joriy etishga kelishib oldilar.
Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novakning so‘zlariga ko‘ra, Moskva, shunchaki ushbu chorani qo‘llab-quvvatlagan davlatlarga xom ashyo yetkazib bermaydi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aniqlik kiritishicha, agar narx cheklovlari joriy etilsa, yoqilg‘i faqat bozor sharoitida ishlaydigan mamlakatlarga yo‘naltiriladi.