Ta’lim muassasalarida kislorodli kokteyllar sotish mumkin emas — SSV

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka o‘tishDevushki v letnem kafe na ulitse Stariy Arbat posle snyatiya karantina v Moskve
Devushki v letnem kafe na ulitse Stariy Arbat posle snyatiya karantina v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2022
Obuna bo‘lish
Buyrak, jigar, o‘t yo‘llari yoki oshqozon-ichak o‘tkir kasalliklarini boshdan kechirgan hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan o‘quvchilarga parhez ovqatlanish tashkil etiladi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Ta’lim muassasalari oshxonalarida kislorodli kokteyllar sotish mumkin emas. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, kunlik ovqatlanish ratsioni namunaviy taomnomaga mos kelishi shart,- deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, bo‘yrak, jigar, o‘t yo‘llari yoki oshqozon-ichak o‘tkir kasalliklarini boshdan kechirgan hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan o‘quvchilarga parhez ovqatlanish tashkil etiladi. Bunday ovqatlanish tartibiga muhtoj bolalar nonushta va tushliklarini tayyorlashda mahsulotlarga maxsus ishlov berilishi zarur.
Yangiliklar lentasi
0