Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya kundaligi: 1-sentabrning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishDelegatsiya MAGATE na puti k Zaporojskoy AES
Delegatsiya MAGATE na puti k Zaporojskoy AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2022
Obuna bo‘lish
MAGATE delegatsiyasi tashrifi oldidan Ukraina tomonidan uyushtirilgan blis-krig mutlaq muvaffaqiyatga uchradi. Delegatsiya ZAESga yetib keldi va u yerda Ukraina tomonidan berilgan zarbalarni qayd etdi.
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Ukrainada maxsus operatsiya belgilangan reja bo‘yicha davom etmoqda. O‘tgan sutkaning eng muhim voqealari haqida batafsil. RIA Novostiga asosan.
Ukraina tomoni ko‘rsatgan qarshiligi va uyushtirgan fitnalariga qaramasdan, 1-sentabr kuni MAGATE missiyasi Energodardagi Zaporoje AESni ko‘zdan kechirdi. "Rosatom" delegatsiyasi rahbari va Zaporojye AES xodimlari agentlik mutaxassislarga stansiya hududini va Ukraina qo‘shinlari zarbasidan zarar ko‘rgan inshootlarni ko‘rsatdi.
️MAGATE rahbari Rafael Grossining ta’kidlashicha, missiya zavoddagi vaziyat bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni olgan va ularni stansiya ishchilaridan olgan faktlari bilan bog‘lagan. Missiya mutaxassislarining bir qismi batafsil tahlil uchun ZAESda ishlashda davom etadi.
Payshanba kuni ertalab Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojye atom elektr stansiyasi yaqinida Ukrainaning taktik hujumchi kuchlarini yo‘q qildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi. Ukraina desantchilari ZAESni egallab olishga uringan. Ushbu operatsiya Britaniya maxsus xizmatlari nazorati ostida amalga oshirilgan, dedi Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov.
️Rossiya Federatsiyasi 6-sentabr kuni Zaporojye AES atrofidagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini chaqirdi va unda Grossi va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning nutq bilan ishtirok etishni so‘radi.
️Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada Xarkov va Xerson viloyatlarida Ukrainaning sakkizta uchuvchisiz uchoqlarini hamda AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AGM-88 HARM antiradar raketalarini urib tushirdi.
️Rossiya aviatsiyasi Andreyevka yaqinida Ukrainaning oltita shtabi va M777 Amerika gaubitsalarining bir vzvodini yo‘q qildi.
️Kun davomida Kiyev rejimi Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishi bo‘yicha hujumga o‘tishga muvaffaqiyatsiz urinishlarini davom ettirdi, natijada Ukraina qo‘shinlari yana 350 kishini yo‘qotdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
️Rossiya Aerokosmik kuchlari, raketa va artilleriyasi yordamida Ukraina qo‘shinlarining oldinga siljib borayotgan bo‘linmalari va zaxiralariga og‘ir zarbalar berildi.
️Rossiya Aerokosmik kuchlari DXRning Chasov Yar qishlog‘i yaqinida yuqori aniqlikdagi qurollardan zarba berib, 100 dan ortiq millatchini yo‘q qildi.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevraldan buyon Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Missiya MAGATE posetila Zaporojskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
MAGATE vakillari ZAESda nimalarni ko‘zdan kechirishdi - video
Yangiliklar lentasi
0