Ukrainaliklarning turmush darajasi halokatli darajada yomonlashmoqda – siyosatshunos

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishLyudi nesut gumanitarnuyu pomosh. Arxivnoe foto
Lyudi nesut gumanitarnuyu pomosh. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi hamma narsa deyarli har kuni qimmatlashapti, inflyatsiya allaqachon 20 %dan oshgan, oziq-ovqat narxlari o‘rtacha 35 %ga ko‘tarilgan.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ukrainaliklarning turmush darajasi halokatli darajada yomonlashmoqda. Bu haqda siyosatshunos, dotsent, o‘qituvchi Andrey Suzdalsev RIA Novostiga ma’lum qildi.

“Mamlakatda hamma narsaning narxi sakramoqda. Inflyatsiya darajasi allaqachon 20 %dan oshdi. Oziq-ovqat narxi o‘rtacha 35 %ga ko‘tarildi. Masalan, bir o‘ram grechkaning narxi hozir 270-300 rubl, do‘konlardan tuz topib bo‘lmayapti. Ayniqsa yoqilg‘i narxi keskin —deyarli 90 %ga ko‘tarildi. Ukrainaliklarning turmush darajasi halokatli darajada yomonlashmoqda, odamlar so‘nggi jamg‘armalarini yeyapti”, - deydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qishloq xo‘jaligi doimo kuchli bo‘lgan. Biroq hozir uning iqtisodiyoti haqida gapirishning ma’nosi yo‘q.

“Vaziyat shu darajaga keldiki, Ukraina iqtisodiyoti haqida gapirishning ma’nosi yo‘q, chunki u mavjud emas”, - deydi Suzdalsev.

Ekspertning fikricha, har qanday vaziyatda ham ocharchilik mamlakatga tahdid solmaydi.
“Birinchidan, ukrain xalqi juda chidamli, ular mustaqillikning 30-yillik davrida duch kelgan barcha muammolarga chidagan — qadimdan o‘rganib qolgan. Ikkinchidan, ular hali ham janubiy xalq ekanligini unutmaylik, u yerda ko‘pchilikning tomorqasi bor, qarindoshlari yashaydi, odamlar o‘z bog‘lariga, barcha turdagi hayvonlariga ega. Bir so‘z bilan aytganda, ulardagi muhit yaxshiroq. To‘g‘rirog‘i, ukrainaliklar o‘zlarini o‘zlari qutqarishga o‘rganib qolishgan, chunki rasmiylar allaqachon ular haqida qayg‘urishni to‘xtatgan”, - deya xulosa qildi siyosatshunos.
Yangiliklar lentasi
0