https://sputniknews.uz/20220829/oiv-va-oits-27571405.html
OIV va OITSga gumonlanganlar gʻayriixtiyoriy tarzda tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi
OIV va OITSga gumonlanganlar gʻayriixtiyoriy tarzda tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi
Ichki ishlar organlari oʻtkazadigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan va OIV/OITS bilan kasallanganlikda gumon qilinayotganlar byudjet mablagʻlari... 29.08.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-08-29T10:32+0500
2022-08-29T10:32+0500
2022-08-29T10:32+0500
jamiyat
oits
oiv
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/01/15515799_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_6c2e0fe1f93d598a67f31b42b1d8fa35.jpg
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan odam immun tanqislik virusi/ orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OIV/OITS) infektsiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni gʻayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Bu Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqqan va muhokamaga qoʻygan tegishli qaror loyihasida koʻzda tutilgan.Maxsus-profilaktik tadbirlar davomida ahloqqa zid boʻlgan huquqbuzarliklar (ragʻbatlantirish evaziga intim xizmat koʻrsatuvchilar, jinsiy erkinlikka va ahloqqa qarshi, tanosil yoki OIV/OITS infektsiyasini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlar)ni sodir etilishi mumkin boʻlgan obʼyektlarda ishlovchilar va tashrif buyuruvchi shaxslar xavfli guruh sanaladi.Taʼkidlanishicha, xavfli guruhga kiruvchi va ular bilan aloqada boʻlgan shaxsning OIV/OITS infektsiyasiga tekshiruvlari bunday kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda boshqa shaxslarga yuqishini oldini olish, aholi oʻrtasida OIV infektsiyasi tarqalishini kamaytirish, ularni barvaqt aniqlash hamda boshqa shaxslarga yuqishini oldini olish maqsadlarda oʻtkaziladi.OIV/OITS infektsiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxsni gʻayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli moliya yilida sogʻliqni saqlash uchun davlat byudjetidan ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.Sogʻlikni saqlash vazirligi “Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun bilan ajratiladigan mablagʻlar doirasida OIV/OITS infektsiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni byudjet mablagʻlari hisobidan gʻayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ ajratilishini koʻzda tutadi.OIV infektsiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildiMaʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda respublikada 45 ming nafar odamlar OIVga chalingan. Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga toʻlmagan bolalar tashkil etadi.Eslatib oʻtamiz, 1 sentyabrdan fohishalik bilan shugʻullanganlarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga gepatit V va S ga skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish tartibi joriy etiladi. Tekshiruv ularning oʻz hisobidan amalga oshiriladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/01/15515799_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_d5836d308a29a69a2164d554cac8c415.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oits, oiv
OIV va OITSga gumonlanganlar gʻayriixtiyoriy tarzda tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi
Ichki ishlar organlari oʻtkazadigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan va OIV/OITS bilan kasallanganlikda gumon qilinayotganlar byudjet mablagʻlari hisobidan gʻayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan odam immun tanqislik virusi/ orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OIV/OITS) infektsiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni gʻayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Bu Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqqan va muhokamaga qoʻygan tegishli qaror loyihasida
koʻzda tutilgan. Maxsus-profilaktik tadbirlar davomida ahloqqa zid boʻlgan huquqbuzarliklar (ragʻbatlantirish evaziga intim xizmat koʻrsatuvchilar, jinsiy erkinlikka va ahloqqa qarshi, tanosil yoki OIV/OITS infektsiyasini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlar)ni sodir etilishi mumkin boʻlgan obʼyektlarda ishlovchilar va tashrif buyuruvchi shaxslar xavfli guruh sanaladi.
Taʼkidlanishicha, xavfli guruhga kiruvchi va ular bilan aloqada boʻlgan shaxsning OIV/OITS infektsiyasiga tekshiruvlari bunday kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda boshqa shaxslarga yuqishini oldini olish, aholi oʻrtasida OIV infektsiyasi tarqalishini kamaytirish, ularni barvaqt aniqlash hamda boshqa shaxslarga yuqishini oldini olish maqsadlarda oʻtkaziladi.
OIV/OITS infektsiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxsni gʻayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli moliya yilida sogʻliqni saqlash uchun davlat byudjetidan ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Sogʻlikni saqlash vazirligi “Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun bilan ajratiladigan mablagʻlar doirasida OIV/OITS infektsiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni byudjet mablagʻlari hisobidan gʻayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ ajratilishini koʻzda tutadi.
Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda respublikada 45 ming nafar odamlar OIVga chalingan. Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga toʻlmagan bolalar tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, 1 sentyabrdan fohishalik bilan shugʻullanganlarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga gepatit V va S ga skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish tartibi
joriy etiladi. Tekshiruv ularning oʻz hisobidan amalga oshiriladi.