Islom dunyosi davlatlari Rossiyaning an’anaviy hamkorlari hisoblanadi - Putin
© Sputnik / Aleksey MayshevPrezident RF Vladimir Putin
© Sputnik / Aleksey Mayshev
Obuna bo‘lish
27-30 avgust kunlari Qozon shahrida Qozon global yoshlar sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unga 67 davlatdan 300 dan ortiq kishi tashrif buyurdi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Islom dunyosi davlatlari mintaqaviy va global kun tartibining dolzarb masalalarini hal etishda Rossiyaning an’anaviy hamkorlari hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozon global yoshlar sammiti ishtirokchilariga tabrigida ta’kidladi.
Dushanba kuni ochilgan sammitning yalpi majlisida Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov Putinning tabriknomasini o‘qib eshittirdi.
“Islom dunyosi davlatlari mintaqaviy va global kun tartibidagi ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishda, yanada adolatli, demokratik dunyo tartibini barpo etishda bizning an’anaviy hamkorlarimizdir. Bunday konstruktiv ko‘p qirrali o‘zaro hamkorlikda yoshlarning yanada faolroq ishtirok etishi muhim”, deyiladi tabrikda.
Rossiya prezidenti Qozon shahrining Islom hamkorlik tashkilotining Yoshlar poytaxti etib saylangani Rossiyaning ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan aloqalari yuksak darajada ekanligini tasdiqlaganini qayd etdi.
27-30 avgust kunlari Qozon shahrida Qozon global yoshlar sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda IHTga a’zo davlatlar Yoshlar ishlari va sport vazirlari, favqulodda va muxtor elchilar, IHT davlatlarining Bosh konsullari, yoshlar tashkilotlari yetakchilari, yoshlar siyosati bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar vakillari, yosh tadbirkorlar va ilmiy hamjamiyat vakillari ishtirok etmoqda. Jami sammitga Jazoir, Bangladesh, Benin, Misr, Indoneziya, Iroq, Eron, Qozog‘iston, Kamerun, Niger, Kanada, Bahrayn Qirolligi, Livan, Liviya, Malayziya, Marokash, BAA, Ummon, Pokiston, Falastin, Saudiya Arabistoni, Turkiya kabi 67 davlatdan 300 dan ortiq kishi tashrif buyurdi.