https://oz.sputniknews.uz/20220827/har-bir-talim-maskani-rahbari-taomnoma-uchun-masul-boladi--ssv-27522418.html
Har bir ta’lim maskani rahbari taomnoma uchun mas’ul bo‘ladi – SSV
Har bir ta’lim maskani rahbari taomnoma uchun mas’ul bo‘ladi – SSV
Sputnik O‘zbekiston
Taomnoma tuzishda yil mavsumi, o‘quvchilar yoshi, talab qilinadigan kunlik taom quvvati, asosiy ozuqa moddalarining zaruriy miqdori hisobga olinadi. 27.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-27T10:42+0500
2022-08-27T10:42+0500
2022-08-27T10:42+0500
jamiyat
maktab
maktab direktori
ovqatlanish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20587352_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_543755455afa611a7aaf470cc1e73595.jpg
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Har bir ta’lim maskani rahbari va oshxona boshlig‘i muassasa oshxonasidagi taomnoma uchun mas’ul, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.Namunaviy taomnoma yil mavsumini, o‘quvchilar yoshi, talab qilinadigan kunlik taom quvvati, asosiy ozuqa moddalarining zaruriy miqdorini hisobga olib shakllantiriladi.Uni tuzishda o‘quvchilarning ovqatlanishidagi milliy o‘ziga xosliklari, ta’lim muassasasida bo‘lish vaqti, yoshi va jismoniy yuklamasi e’tiborga olinadi.Undan tashqari, maktab o‘quvchilarining ovqatlanishini tashkil etishda tasdiqlangan normalarga amal qilinadi. Xususan, xavfsizlik talablariga javob beradigan chinni, fayans va shisha idishlardan foydalanish.Taomlarni pishirish va saqlashda foydalaniladigan idishlar, shuingdek qoshiq, vilka, pichoqlar zanglamaydigan po‘lat yoki shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Alyuminiydan tayyorlangan oshxona jihozlaridan foydalanish taqiqlanadi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentning qaroriga muvofiq ayrim viloyatlar ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ikki mahal (nonushta va tushlik) issiq ovqat tashkil etish belgilangan. Kuni uzaytirilgan guruhlarda tahsil oluvchi bolalarga qo‘shimcha ikkinchi tushlik uyushtiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20587352_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_93f246327468a1cd637df2a7d4612d9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, maktab direktori, ovqatlanish
jamiyat, maktab, maktab direktori, ovqatlanish
Har bir ta’lim maskani rahbari taomnoma uchun mas’ul bo‘ladi – SSV
Taomnoma tuzishda yil mavsumi, o‘quvchilar yoshi, talab qilinadigan kunlik taom quvvati, asosiy ozuqa moddalarining zaruriy miqdori hisobga olinadi.
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Har bir ta’lim maskani rahbari va oshxona boshlig‘i muassasa oshxonasidagi taomnoma uchun mas’ul, deb
xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Har kuni ovqatlanish zaliga ta’lim mussasasi rahbari bilan kelishilgan va oshxona rahbari tomonidan tasdiqlangan taomning nomi, miqdori ko‘rsatilgan taomnoma ilib qo‘yilishi zarur.
Namunaviy taomnoma yil mavsumini, o‘quvchilar yoshi, talab qilinadigan kunlik taom quvvati, asosiy ozuqa moddalarining zaruriy miqdorini hisobga olib shakllantiriladi.
Uni tuzishda o‘quvchilarning ovqatlanishidagi milliy o‘ziga xosliklari, ta’lim muassasasida bo‘lish vaqti, yoshi va jismoniy yuklamasi e’tiborga olinadi.
Undan tashqari, maktab o‘quvchilarining ovqatlanishini tashkil etishda tasdiqlangan normalarga amal qilinadi. Xususan, xavfsizlik talablariga javob beradigan chinni, fayans va shisha idishlardan foydalanish.
Taomlarni pishirish va saqlashda foydalaniladigan idishlar, shuingdek qoshiq, vilka, pichoqlar zanglamaydigan po‘lat yoki shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Alyuminiydan tayyorlangan oshxona jihozlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentning qaroriga muvofiq ayrim viloyatlar ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ikki mahal (nonushta va tushlik) issiq ovqat tashkil etish belgilangan. Kuni uzaytirilgan guruhlarda tahsil oluvchi bolalarga qo‘shimcha ikkinchi tushlik uyushtiriladi.