https://oz.sputniknews.uz/20220827/dxr-aqshlik-yollanma-askarning-jasadini-uning-qarindoshlariga-topshirishga-tayyor-27527972.html
DXR AQShlik yollanma askarning jasadini uning qarindoshlariga topshirishga tayyor
DXR AQShlik yollanma askarning jasadini uning qarindoshlariga topshirishga tayyor
Sputnik O‘zbekiston
DXR, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda, amerikalik yollanma askarning jasadini uning qarindoshlariga topshirishga tayyor. 27.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-27T14:00+0500
2022-08-27T14:00+0500
2022-08-27T14:00+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
donesk xalq respublikasi (dxr)
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1b/27528093_0:438:720:843_1920x0_80_0_0_9967b1ce48d3ede746c1ad45294487c4.jpg
TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Amerikalik yollanma askar Alan Joshua Jonsning jasadi Ukraina harbiylari tomonidan jang maydonida tashlab ketilgan. Bu haqda DXR ombudsmani Darya Morozova ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Memfislik 33 yoshli fuqaroning jasadi ittifoqchi kuchlar tomonidan DXR o‘likxonalaridan biriga topshirilgan. Ombudsman xorijlik yollanma askarlar harbiy harakatlar olib borishda har qanday immunitetdan mahrum ekanini eslatib, ularni Ukrainani tark etishga chaqirdi. Amerikalik yollanma askar 23-avgust kuni Yegorovka hududidagi janglarda yo‘q qilingan. Avvalroq uning o‘limi AQSh Davlat departamenti tomonidan tasdiqlangan edi. Eslatib o‘tamiz, LXR va DXR hududida bo‘li o‘tgan janglarda Ukraina Qurolli kuchlari o‘zining qurblon bo‘lgan jangchilari jasadlarini shunchaki tashlab ketayotgani haqida oldin ham bir necha bor xabar bergan edik. Ittifoqchilar xabar berishiga ko‘ra, ukrainalik harbiylar jasadlarini yig‘ib olish uchun hatto urinib ham ko‘rishmaydi. Aksariyat hollarda qurbon bo‘lgan ukrainalik askarlar jasadlarini yig‘ib olish va dafn etishda ularning taslim bo‘lgan safdoshlari yordamida DXR va LXR harbiylari tomonidan amalga oshirilmoqda. Undan tashqari qurbon bo‘lgan yollanma askarlarning shaxsini aniqlashni qiyinlashtirish maqsadida Ukraina harbiylari ularning jasadlarini yoqib yuborish holatlari ham uchrab turadi.
https://oz.sputniknews.uz/20220815/polsha-va-germaniya-yollama-askar-27146795.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1b/27528093_0:370:720:910_1920x0_80_0_0_011aeb53edd651e43bf6df1fad9c067e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
donesk xalq respublikasi (dxr), aqsh
donesk xalq respublikasi (dxr), aqsh
DXR AQShlik yollanma askarning jasadini uning qarindoshlariga topshirishga tayyor
DXR, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda, amerikalik yollanma askarning jasadini uning qarindoshlariga topshirishga tayyor.
TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Amerikalik yollanma askar Alan Joshua Jonsning jasadi Ukraina harbiylari tomonidan jang maydonida tashlab
ketilgan. Bu haqda DXR ombudsmani Darya Morozova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Memfislik 33 yoshli fuqaroning jasadi ittifoqchi kuchlar tomonidan DXR o‘likxonalaridan biriga topshirilgan.
“Ukrainadan farqli o‘laroq, biz dushmanlarga nisbatan ham insonparvarlik tamoyillariga sodiq qolamiz. AQSh rasmiylariga Alan Joshuaning o‘limi haqida xabar berdik. Biz, shuningdek, uning qoldiqlarini dafn qilish uchun qarindoshlariga topshirishga tayyorligimizni tasdiqlaymiz”, dedi Morozova.
Ombudsman xorijlik yollanma askarlar harbiy harakatlar olib borishda har qanday immunitetdan mahrum ekanini eslatib, ularni Ukrainani tark etishga chaqirdi.
Amerikalik yollanma askar 23-avgust kuni Yegorovka hududidagi janglarda yo‘q qilingan. Avvalroq uning o‘limi AQSh Davlat departamenti tomonidan tasdiqlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, LXR va DXR hududida bo‘li o‘tgan janglarda Ukraina Qurolli kuchlari o‘zining qurblon bo‘lgan jangchilari jasadlarini shunchaki tashlab ketayotgani haqida oldin ham bir necha bor xabar bergan edik. Ittifoqchilar xabar berishiga ko‘ra, ukrainalik harbiylar jasadlarini yig‘ib olish uchun hatto urinib ham ko‘rishmaydi.
Aksariyat hollarda qurbon bo‘lgan ukrainalik askarlar jasadlarini yig‘ib olish va dafn etishda ularning taslim bo‘lgan safdoshlari yordamida DXR va LXR harbiylari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Undan tashqari qurbon bo‘lgan yollanma askarlarning shaxsini aniqlashni qiyinlashtirish maqsadida Ukraina harbiylari ularning jasadlarini yoqib yuborish holatlari ham uchrab turadi.