Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xarkov yaqinida Polsha va Germaniyadan bo‘lgan yuzdan ziyod yollanma askar yo‘q qilindi

© AFP 2023 / YURIY DYACHYSHYNInostrannie nayemniki vo Lvove, Ukraina
Inostrannie nayemniki vo Lvove, Ukraina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya kuchlarining yuqori aniqlikdagi quroli bilan Xarkov viloyati Zolochev aholi punkti hududidagi xorijlik yollanmalarning vaqtincha turar joyiga zarba berildi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Rossiya armiyasi Xarkov viloyatida Polsha va Germaniyadan bo‘lgan yuzdan ziyod yollama askarni yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.

“Rossiya Harbiy-kosmik kuchlarining yuqori aniqlikdagi quroli bilan Xarkov viloyati Zolochev aholi punkti hududidagi xorijlik yollanmalarning vaqtincha turar joyiga zarba berildi. Polsha va Germaniyadan bo‘lgan 100 nafardon ortiq jangari yo‘q qilindi va 50 nafardan ziyodi yarador bo‘ldi”, - dedi Konashenkov.

O‘tgan hafta Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon u yerga 7282 nafar yollanma jangchi kelganini ma’lum qilgan edi. Ularning aksariyati Polsha, Kanada, AQSh, Ruminiya, Gruziya va Buyuk Britaniyadan. Shulardan 2682 nafari yakson qilingan, 2408 nafari esa jang hududlaridan qochib ketgan.
Joriy yil 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rasmiylari tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0