Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

BMT Kiyev kassetali o‘q-dorilar qo‘llagani haqida shikoyat oldi

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishRazminirovanie sela Izbiskoe v Xarkovskoy oblasti
Razminirovanie sela Izbiskoe v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Meri Uorxem: Bizda yer usti minalaridan foydalanilganligiga oid dalillar bor.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qurolsizlanish tadqiqot instituti Ukraina kuchlari tomonidan kassetali o‘q-dorilar qo‘llangani haqida ikkita ishonchli shikoyat oldi. Bu haqda institut ma’ruzachisi Meri Uorxem ma’lum qildi.
“Ukraina qo‘shinlarining Donbassda kassetali o‘qlardan foydalanishiga kelsak, bu masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berish kerak. Bizda yer usti minalaridan foydalanilganligiga oid dalillar bor. Bizga suiiste’mollik bo‘yicha ikkita shikoyat kelib tushdi, ular hisobotga kiritish uchun yetarlicha ishonchli, ammo menda bu haqda qo‘shimcha dalillar yo‘q”, dedi u.
Dalillarni yig‘ish uchun Donbassga safar qilish imkoniyati haqida so‘ralganda, ma’ruzachilar javob berishdan bosh tortgan.
DXR hukumatining O‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazi (SSKK) Ukraina qo‘shinlari tomonidan respublika shaharlarida “Lepestok” minalari bilan anjomlangan kassetali o‘q-dorilardan foydalanish holatini bir necha bor qayd etgan. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakolatxonasi avvalroq Xavfsizlik kengashida Kiyev tomonidan Donbassdagi tinch aholiga qarshi “Lepestok” piyodalarga qarshi minalardan foydalangani haqidagi xat tarqatgan edi. Maktub BMT Bosh kotibiga ham yuborilgan.
Ukraina 2005-yilda piyodalarga qarshi minalardan foydalanish, zaxiralash va ishlab chiqarishni taqiqlovchi Ottava konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Shunday qilib, Kiyev xalqaro majburiyatlarini buzmoqda.
Yangiliklar lentasi
0