https://oz.sputniknews.uz/20220824/qoqon-jizzax-avtomobil-yoli-qachon-foydalanishga-topshiriladi-27410957.html
“Qo‘qon-Jizzax” avtomobil yo‘li qachon foydalanishga topshiriladi
“Qo‘qon-Jizzax” avtomobil yo‘li qachon foydalanishga topshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil yo‘liga o‘rnatiladigan mustahkam beton plitalar Toshkentdan, maxsus quvurlar esa Rossiyadan keltiriladi. 24.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-24T11:42+0500
2022-08-24T11:42+0500
2022-08-24T11:42+0500
jamiyat
jizzax
avtomobil yo‘li
“qo‘qon – jizzax” avtomobil yo‘li
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/18/27410488_0:9:640:369_1920x0_80_0_0_1e94384ce8b3a536a554f5ee0bb0c82b.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. “Qo‘qon – Jizzax” avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinmoqda. Bu haqida Jizzax viloyati hokimligi xabar berdi.Ayni kunlarda Xovos shaharchasi yaqinidagi A 376 “Qo‘qon – Jizzax” avtomobil yo‘lining 214.3 kilometr qismidagi yo‘l o‘tkazgichni mukammal rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.Yo‘l o‘tkazgichning uzunligi 200 metr, eni esa 14 metrni tashkil etadi. Ko‘prik ostiga o‘rnatiladigan asosiy tayanch ustunlar 12 tadan iborat bo‘ladi.Aytilishicha, ko‘prik ustiga o‘rnatiladigan 18 metrli 154 ta mustahkam beton plitalar Toshkentdan olib kelinadi. 396 ta qoziq sifatida qoqiladigan, armaturali karkas bilan betonlab, qotiriladigan maxsus quvurlar Rossiyadan keltiriladi.Rekonstruksiya ishlari shu yilning dekabr oyida tugatilishi rejalashtirilgan.Ma’lumot uchun, rekonstruksiya jarayonlari yanvar oyida boshlangan va unga jami 56 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/18/27410488_70:0:571:376_1920x0_80_0_0_fc8d7ee55ca76d86d784f4cbd0fa0d7a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jizzax, avtomobil yo‘li , “qo‘qon – jizzax” avtomobil yo‘li
jamiyat, jizzax, avtomobil yo‘li , “qo‘qon – jizzax” avtomobil yo‘li
“Qo‘qon-Jizzax” avtomobil yo‘li qachon foydalanishga topshiriladi
Avtomobil yo‘liga o‘rnatiladigan mustahkam beton plitalar Toshkentdan, maxsus quvurlar esa Rossiyadan keltiriladi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. “Qo‘qon – Jizzax” avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinmoqda. Bu haqida Jizzax viloyati hokimligi xabar
berdi. Ayni kunlarda Xovos shaharchasi yaqinidagi A 376 “Qo‘qon – Jizzax” avtomobil yo‘lining 214.3 kilometr qismidagi yo‘l o‘tkazgichni mukammal rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Yo‘l o‘tkazgichning uzunligi 200 metr, eni esa 14 metrni tashkil etadi. Ko‘prik ostiga o‘rnatiladigan asosiy tayanch ustunlar 12 tadan iborat bo‘ladi.
Aytilishicha, ko‘prik ustiga o‘rnatiladigan 18 metrli 154 ta mustahkam beton plitalar Toshkentdan olib kelinadi. 396 ta qoziq sifatida qoqiladigan, armaturali karkas bilan betonlab, qotiriladigan maxsus quvurlar Rossiyadan keltiriladi.
“Avvalgisiga qaraganda eniga yana bir metr qo‘shilgani sabab avtomashinalar o‘tadigan asosiy qismning ikki tomonida piyodalar uchun ham yo‘laklar barpo etilib, o‘tish uchun qulay imkoniyat yaratiladi”, deyiladi xabarda.
Rekonstruksiya ishlari shu yilning dekabr oyida tugatilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, rekonstruksiya jarayonlari yanvar oyida boshlangan va unga jami 56 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.