Eng qudratli NATO qurolining kuchsiz tomonlari qayerda?
22:39 24.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023)
© Sputnik / Viktor Antonyuk
/ Obuna bo‘lish
RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 21-avgust kuni AQShning Ukrainaga yetkazayotgan qurollarining deyarli barcha namunalari rossiyalik mutaxassislarda mavjudligini aytdi.
Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasi amerikancha “o‘ziga xoslilik” xomxayollari hamda Kiyevga yetkazilayotgan va aslida denatsifikatsiya - demilitarizatsiya jarayonlariga aslo ta’sir o‘tkaza olmayotgan g‘arb qurollarining qudratli ekanligini ta’kidlovchi yolg‘onlarning puchligini yana bir bor isbotladi.
RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 21-avgust kuni AQShning Ukrainaga yetkazayotgan qurollarining deyarli barcha namunalari rossiyalik mutaxassislarda mavjudligini aytdi. Ular (RSZO) HIMARS zalp olovli reaktiv tizimlari, Stinger ko‘chma zenit raketa komplekslari, M777 gaubitsalari va Ukraina Qurolli Kuchlari barcha pozitsiyalari bo‘ylab sochib chiqqan Javelin va NLAW tankka qarshi komplekslaridir. Shuningdek, o‘ljalar ichida NATO zirhli mashinalari va o‘qli qurollari ham bor.
Sergey Shoyguning aytishicha, AQSh va NATO Ukrainaga asosan “eski temir-tersaklar” yetkazib berapti, qurollar orasida yangilari deyarli yo‘q. Rossiya mutaxassislari samarali kurashish maqsadida G‘arbning o‘ljaga aylangan qurollarini sinchiklab o‘rganishmoqda. Ularda hech qanday “texnologik mo‘jizalar” yo‘q.
G‘arb qurollari past ishonchliligi bilan ajralib turadi (shu yerda Shoygu Javelin tankka qarshi raketa kompleksi va M-777 shatakka oluvchi gaubitsalarini alohida ta’kidlab o‘tdi) va jangovar xususiyatlari bo‘yicha ular Rossiya muqobillariga qaraganda ancha kuchsiz. Masalan, “Kornet” tankka qarshi raketa kompleksi Javelin (2500 m gacha) ga qaraganda ikki barobar katta uzoqlikda (kunduzi 5500 m va tunda 3500 m gacha) nishonni aniq zarbaga oladi.
Amerikaning Politico nashri xabar berishicha, Vashington Ukrainaga berayotgan qurollar haqida ma’lumotlar ko‘rsatmagan, harbiy yordam haqida ma’lumotlarning bir qismi esa yashirilgan. Masalan, radiolokatsion raketalarga qarshi AGM-88 HARM va MiG-29 qiruvchilarinng bir kompleksi yetib kelganini Ukraina Harbiy-Havo kuchlari Pentagonda, qurollardan Donbassda jangovar foydalanganlikning ikkinchi kunida ma’lum qilishdi.
Kiyev rejimini g‘arb qurollari bilan “kuchaytirish” Rossiya maqsadlari va shiddatini o‘zgartira olmaydi. AQSh va NATOning texnologik jihatdan ustunligini isbotlay olmaydi. Kollektiv G‘arbning (Rossiya bilan proksi-urush) qurol bilan ta’minlashga chiranishlari shunchaki maxsus harbiy operatsiyaning geografik ko‘lamlarini kengaytiradi holos.
Mo‘jiza sodir bo‘lmadi
Dastlab Javelin FGM-148 tankka qarshi raketa tizimlari Ukraina Qurolli Kuchlarining hafsalasini pir qildi. 2022-yil boshiga kelib Kiyev rejimi ushbu “zo‘r” komplekslardan yuztalab qabul qilib olgan edi, 24-fevraldan so‘ng - yana yetti mingta qabul qilib oldi. Hatto Raytheon ishlab chiqaruvchi firmasi o‘tkazgan test sinovlarining natijalariga ko‘ra, FGM-148 11ta puskdan uchtasigina nishonga yetib bora olgan.
Ukrainada harbiy maqsadlarda foydalanish statistikasi yanada hayratlantiradi. Rossiya tanklari bilan jangda Amerika raketalarining tandem jangovar qismlari dinamik himoya bloklariga zarar yetkazgan, ba’zi detallarni shikastlagan, biroq zirh zarbalarga chidab bergan. Ekipaj va mashina, qoidaga ko‘ra, jangovar salohiyatni saqlab qolgan. Foydalanish sharoitlari qancha qiyin bo‘lgan bo‘lsa, (shahar qurilishlari, tutun) Javelin larning samaradorligi shuncha past.
Uchirishdan oldin o‘nlab tayyorgarlik (majburiy) manipulyatsiyalar, batareyalar va elektronikaning ishonchsizligi Ukraina operatorlarinining xafsalasini yana pir qildi. Bundan tashqari, yetkazib berilgan “Javelin” larning aksar qismi o‘ljalarga aylangan va Rossiya qo‘shinlari zarbalari bilan omborlarda- chuqur operativ front ortida yo‘q qilingan.
FGM-148 ko‘pgina komplekslari Yevropa, Osiyo va Afrikaning “kora bozor”lariga chiqib ketgan (bitta tankka qarshi tizimning oltita raketa bilan narxi - 600 ming dollar). Javelin larning yulduzli onlari 2003-yillarda, Amerikalik qo‘shinlar ularni texnologik jihatdan ancha eskirgan T-55 Eron tanklariga qarshi foydalanganida bo‘lgan.
Avgust oyi boshida yana bir Amerika mo‘jizasi o‘chdi. Ukraina Qurolli Kuchlari RSZO HIMARS larning (oltita pusk o‘rnatmalarini) yarmini va ularning 200 tacha raketalarini yo‘qotdi.
Shatakka oladigan M-777 gaubitsalari Rossiya qo‘shinlarining olovli hujumlariga yanada kuchsiz bo‘lib chiqdi. Snaradlarning yaqin parchalari ham M777ni safdan chiqara oladi, maydonda esa ta’mirlash ishlarini olib borish imkonsiz. Avgust boshida Ukraina Qurolli Kuchlari AQSh bergan M777 gaubitsalarining 107 tasidan 33 tasini yo‘qotdi. O‘tgan sutkada rossiyalik artilleriyachilar Dnepropetrovskda yana ikkita M777 gaubitsalarini yo‘q qildi.
Germaniyaning 155 mm- SAU Panzerhaubitze-2000 quroli G‘arbda eng yuqori texnologiyali va samarali artilleriya tizimlaridan hisoblanadi. Yosh fasli boshida Ukraina Qurolli Kuchlari taxminan 20 ta shunday o‘rnatmalar (uzoqligi 30-40 km)ga ega bo‘lgan edi. NATO mifologiyalariga qaramasdan, SAU PzH-2000 Donbassdagi harbiy harakatlar jarayonini o‘zgartira olmadi. Kiyevning avvalroq Rossiya armiyasini 20 kun ichida vayron qilishi haqidagi va’dalari haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
O‘qlarning texnologik cheklangan miqdori (sutkada 100 ta), tizimlarning harorat o‘zgarishiga chidamsizligi (nemis quroli ukrain qishiga dosh bera olmaydi), katta og‘irlik (55 tonnadan og‘ir) va joylarga ko‘ra niqoblanish miqdorlari UQK ni PzH-2000dan otishmada foydalanish emas, balki Rossiya artilleriyasining zarbalaridan himoya qilishga majburlaydi (har kuni taxminan 60 ming snarad).
Rossiyaning muqobili bo‘lmish “Koalitsiya- SV” o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmalari avtomatizatsiya miqdori, mustahkamlik, aniqliq va uzoqligi (80 km gacha) bilan nemis Panzerhaubitze-2000 larini ortda qoldiradi.
Turkiyaning razvedka-zarba beruvchi Bayraktar TB2 uchuvchisiz uchish apparatlari 24-fevraldan so‘ng Ukraina harbiy teatr maydonlarida faqat Rossiyaning “Tor-M2” zenit komplekslari nishoniga aylandi. “Bayroqdorlar” radarlar ekranlarida yaqqol ko‘rinadi, radiolokatsion stansiyalar nurlanishlariga reaksiya bildirmaydi, birinchi va so‘nggi parvozlarini amalga oshirishdi.
Yarim yilda minglab “bayroqdorlar” urib tushurildi, Ukraina Qurolli Kuchlari safida esa 1796 ta uchuvchisiz apparatlar, xususan, tirik kuchlar va yengil zirhli texnikalarga (40 km uzoqliqda turib) zarba berishga mo‘ljallangan tebranuvchi (30 daqiqagacha) Switchblade 300 kamikadze-dronlari bor xolos. Avvalroq yengil (va foydasiz) Switchblade 300 lardan Afg‘onistondan tolib*larga qarshi foydalanishgan. U yerda bu qurollar hech nimani o‘zgartira olmagan. Ukrainada ham minglab Switchblade lar hech qanday ta’sir ko‘rsata olgani yo‘q. Kiyevga va’da qilingan “tankka qarshi” Switchblade 600 kamikadze-dronlari ham hamon AQShning o‘z Qurolli Kuchlari safiga kiritilmagan, balki sinovdan o‘tmoqda.
Fransiyaning Le Figaro gazetasi muxbiri Kramatorsda bo‘lganida ta’kidlaganidek, Donbassda AQSh yoki Yevropaning Kiyevga yetkazib bergan SAU Caesar, M-777 gaubitsalari yoki HIMARS reaktiv o‘rnatmalari shunchaki va’da bo‘lib qolmoqda xolos. G‘arbda yaxshi anglashmoqda: Kiyev rejimining halokati muqarrar, Ukraina Qurolli Kuchlari imkonsiz, hujum qilishga imkon yo‘q. AQSh va NATO bor kuchi bilan “Ukrain loyihasini saqlab qolish” ga chiranmoqda. Biroq, Rossiya bilan jang maydonlarida mo‘jizalar bo‘lmaydi.
* - terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan “Tolibon” harakati a’zolari