https://oz.sputniknews.uz/20220822/fsb-jurnalist-duginaning-qotilini-aniqladi--27361516.html
FSB jurnalist Duginaning qotilini aniqladi
FSB jurnalist Duginaning qotilini aniqladi
Sputnik O‘zbekiston
Qotil jinoyatni sodir etgan zamon Estoniya orqali Rossiya hududini Estoniya orqali tark etishgan. 22.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-22T18:55+0500
2022-08-22T18:55+0500
2022-08-22T20:20+0500
rossiya
qotillik
bomba
jurnalist
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18550643_0:0:1858:1046_1920x0_80_0_0_c16b18ba06c44b1a4cb0a4c3dc66f709.jpg
TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati yakshanba kuni qurbon bo‘lgan jurnalist Darya Duginaga suiqasd uyushtirgan shaxsni aniqladi. Ushbu jinoyat Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangan va sodir etilgan.U️ning ijrochisi - Ukraina fuqarosi Vovk Natalya Pavlovna (1979 yilda tug‘ilgan) - 2022-yil 23-iyulda qizi Shaban Sofiya (2010 yilda tug‘ilgan) bilan birga Rossiya hududiga kirib kelgan. Daryaning turmush tarzi haqida ma’lumot to‘plash uchun u Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan.Qotillik sodir bo‘lgan kuni, 21-avgustda u qizi bilan "Traditsiya" festivalida bo‘lgan. Masofadan turib boshqariluvchi bomba portlatilganidan so‘ng u Pskov orqali Estoniyaga chiqib ketgan. Jurnalistni kuzatish uchun jinoyatchilar Mini Sooper rusumli avtomashinadan foydalangan, Rossiyaga kirishda ular E982XN DPR - DXR avtoraqamlaridan foydalanishgan. Moskvada – Qozog‘iston raqamlari – 172AJD02, chiqish vaqtida esa – Ukraina raqamlaridan foydalangan – AN7771IP. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham marhum Darya Duginaning oilasiga hamdardlik bildirdi.Eslatib o‘tamiz, 21-avgust tunda Moskva viloyatida Darya Duginaning avtomobili masofadan turib portlatib yuborilgan edi. Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, ushbu suiqasd aslida Daraning otasi faylasuf Aleksandr Duginga qarshi uyushtirilgan. U tasodif tufayli so‘nggi daqiqada boshqa avtomobilda shaharga qaytishga qaror qilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Video FSB RF. Ofitsialnoe soobshenie o raskritii ubiystva jurnalistki Dari Duginoy
Sputnik O‘zbekiston
Video SOS FSB Rosii k ofitsialnomu soobsheniyu o raskritii ubiystva jurnalistki Dari Duginoy.
2022-08-22T18:55+0500
true
PT2M19S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18550643_69:0:1509:1080_1920x0_80_0_0_164cce90ee69d4fed753b1268437094b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, qotillik, bomba, jurnalist, video
rossiya, qotillik, bomba, jurnalist, video
FSB jurnalist Duginaning qotilini aniqladi
18:55 22.08.2022 (yangilandi: 20:20 22.08.2022) Qotil jinoyatni sodir etgan zamon Estoniya orqali Rossiya hududini Estoniya orqali tark etishgan.
TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati yakshanba kuni qurbon bo‘lgan jurnalist Darya Duginaga suiqasd uyushtirgan shaxsni aniqladi.
Ushbu jinoyat Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangan va sodir etilgan.
U️ning ijrochisi - Ukraina fuqarosi Vovk Natalya Pavlovna (1979 yilda tug‘ilgan) - 2022-yil 23-iyulda qizi Shaban Sofiya (2010 yilda tug‘ilgan) bilan birga Rossiya hududiga kirib kelgan. Daryaning turmush tarzi haqida ma’lumot to‘plash uchun u Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan.
Qotillik sodir bo‘lgan kuni, 21-avgustda u qizi bilan "Traditsiya" festivalida bo‘lgan. Masofadan turib boshqariluvchi bomba portlatilganidan so‘ng u Pskov orqali Estoniyaga chiqib ketgan.
Jurnalistni kuzatish uchun jinoyatchilar Mini Sooper rusumli avtomashinadan foydalangan, Rossiyaga kirishda ular E982XN DPR - DXR avtoraqamlaridan foydalanishgan. Moskvada – Qozog‘iston raqamlari – 172AJD02, chiqish vaqtida esa – Ukraina raqamlaridan foydalangan – AN7771IP.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham marhum Darya Duginaning oilasiga hamdardlik bildirdi.
"Yovuz, shafqatsiz jinoyat - mehribon, hamdard va iste’dodli shaxs, chinakam rus qalbiga ega bo‘lgan iste’doshli jurnalist, olim, faylasuf, va harbiy muxbir Darya Duginaning umrini zomin qildi. U xalqqa, Vatanga halol xizmat qildi, u Rossiyaning haqiqiy vatanparvari qanday bo‘lishi kerakligini amalda isbotladi", - deb yozgan Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 21-avgust tunda Moskva viloyatida Darya Duginaning avtomobili masofadan turib portlatib yuborilgan edi. Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, ushbu suiqasd aslida Daraning otasi faylasuf Aleksandr Duginga qarshi uyushtirilgan. U tasodif tufayli so‘nggi daqiqada boshqa avtomobilda shaharga qaytishga qaror qilgan.