https://oz.sputniknews.uz/20220822/mir-kartalari-tez-orada-hindistonda-ishga-tushadi-27349541.html
“Mir” kartalari tez orada Hindistonda ishga tushadi
“Mir” kartalari tez orada Hindistonda ishga tushadi
Sputnik O‘zbekiston
Milliy to‘lov tizimlarini ishga tushirish masalasi yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvlarda muhokama qilingandi. 22.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-22T13:42+0500
2022-08-22T13:42+0500
2023-04-05T18:39+0500
dunyoda
bank kartasi
hindiston
to‘lov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23662490_0:212:2887:1836_1920x0_80_0_0_b977a02a344e05de8a21f39b442f7948.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Hindiston va Rossiya tez orada bir-birlarining "Mir" va RuPay to‘lov tizimlarini tan olishlari mumkin. Bu haqida Deccan Herald nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.Ma’lumki, to‘lov tizimlarini tan olish masalasi 17-18 avgust kunlari Hindiston milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Dovalning Moskvaga tashrifi davomida muhokama qilingan.Ajit Doval tashrif davomida Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Rossiya hukumatining boshqa rasmiylari bilan uchrashgandi.Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Visa va Mastercard xalqaro tizimlari Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgandi. Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan mazkur kartalar odatdagidek ishlashda davom etmoqda, biroq transchegaraviy operatsiyalar va xorijiy onlayn-do‘konlarda xaridlar mavjud emas. Bu ikki mamlakatga tashrif buyuruvchi hind va rossiyalik sayyohlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish yoki bankomatlardan pul yechib olishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23662490_78:0:2809:2048_1920x0_80_0_0_edd3013bea7044ce04a033c41cfa451f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, bank kartasi, hindiston, to‘lov, rossiya
dunyoda, bank kartasi, hindiston, to‘lov, rossiya
“Mir” kartalari tez orada Hindistonda ishga tushadi
13:42 22.08.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Milliy to‘lov tizimlarini ishga tushirish masalasi yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvlarda muhokama qilingandi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Hindiston va Rossiya tez orada bir-birlarining "Mir" va RuPay to‘lov tizimlarini tan olishlari mumkin. Bu haqida Deccan Herald nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar
berdi. “Ikki davlatning milliy to‘lov infratuzilmasi doirasida RuPay va Mir kartalarining o‘zaro qabul qilinishi Rossiyadan Hindistonga va Hindistondan Rossiyaga tashrif buyuruvchilarga kartalar yordamida muammosiz to‘lovlarni amalga oshirishni osonlashtiradi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumki, to‘lov tizimlarini tan olish masalasi 17-18 avgust kunlari Hindiston milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Dovalning Moskvaga tashrifi davomida muhokama qilingan.
Ajit Doval tashrif davomida Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Rossiya hukumatining boshqa rasmiylari bilan uchrashgandi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Visa va Mastercard xalqaro tizimlari Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgandi. Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan mazkur kartalar odatdagidek ishlashda davom etmoqda, biroq transchegaraviy operatsiyalar va xorijiy onlayn-do‘konlarda xaridlar mavjud emas.
Bu ikki mamlakatga tashrif buyuruvchi hind va rossiyalik sayyohlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish yoki bankomatlardan pul yechib olishda qiyinchiliklar tug‘diradi.