https://oz.sputniknews.uz/20220812/zaporoje-aesni-kim-oqqa-tutgani-aniqlandi-27078563.html
Zaporojye AESni kim o‘qqa tutgani aniqlandi
Zaporojye AESni kim o‘qqa tutgani aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Qurolli kuchlarining 44-artilleriya brigadasi terrorchilari Nikopoldan 152 millimetrli qurollardan Zaporojye atom elektr stansiyasini maqsadli ravishda o‘qqa... 12.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-12T19:57+0500
2022-08-12T19:57+0500
2023-04-05T18:38+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
aes
donbass
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26903313_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1b3582ede75aff09d5fa993264daf893.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Zaporojye atom elektr stansiyasini o‘qqa tutish Ukraina Qurolli kuchlarining 44-artilleriya brigadasi harbiylari tomonidan amalga oshirildi. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati vakili Vladimir Rogov ma’lum qildi.Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Bu bloklar soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Stansiyada oltita energiya bloki o‘rnatilgan.Zaporojye AES mart oyidan beri Rossiya harbiylari tomonidan qo‘riqlanadi. Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukraina qo‘shinlari atom elektr stansiyasi hududiga bir necha bor hujum qilishga uringan.5 avgustdan boshlab o‘qqa tutilish tez-tez kuzatilgan. Zarbalar oqibatida yadroviy reaktorlar zarar ko‘rmagan bo‘lsada, AESning atrofdagi infratuzilmasi, suv basseynlari jiddiy zarar ko‘rgan. Raketa bo‘laklari AESning energiya bloklaridan 400 metr masofada qulab tushgan.O‘qqa tutilgandan keyin ikkita energiya bloki to‘liq quvvat bilan ishlamayapti. MAGATE rahbari Rafael Grossi Zaporojye AESning o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi.Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7-avgust kuni Ukraina artilleriyasi Zaporojye atom elektr stansiyasini yana o‘qqa tutgan - yuqori voltli liniya shikastlangan, shaxsiy tarkib ikkita energoblokning quvvatini kamaytirishga majbur bo‘lgan.
ukraina
donbass
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26903313_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_38cc21d4d126288d88867297128d9a68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, aes, donbass, rossiya
ukraina, aes, donbass, rossiya
Zaporojye AESni kim o‘qqa tutgani aniqlandi
19:57 12.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Ukraina Qurolli kuchlarining 44-artilleriya brigadasi terrorchilari Nikopoldan 152 millimetrli qurollardan Zaporojye atom elektr stansiyasini maqsadli ravishda o‘qqa tutgan.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Zaporojye atom elektr stansiyasini o‘qqa tutish Ukraina Qurolli kuchlarining 44-artilleriya brigadasi harbiylari tomonidan amalga oshirildi. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati vakili Vladimir Rogov
ma’lum qildi. “Kim aniq o‘q uzgani va zarba bergani (Zaporojye AESda) allaqachon aniqlangan. Bular Ukraina Qurolli kuchlarining 44-artilleriya brigadasi terrorchilari, Zelenskiyning jangarilari. Ular Nikopoldan 152 millimetrli qurollardan Zaporojye atom elektr stansiyasini maqsadli ravishda o‘qqa tutgan”, dedi Rogov “Rossiya 24” telekanali efirida.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Bu bloklar soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Stansiyada oltita energiya bloki o‘rnatilgan.
Zaporojye AES mart oyidan beri Rossiya harbiylari tomonidan qo‘riqlanadi. Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukraina qo‘shinlari atom elektr stansiyasi hududiga bir necha bor hujum qilishga uringan.
5 avgustdan boshlab o‘qqa tutilish tez-tez kuzatilgan. Zarbalar oqibatida yadroviy reaktorlar zarar ko‘rmagan bo‘lsada, AESning atrofdagi infratuzilmasi, suv basseynlari jiddiy zarar ko‘rgan. Raketa bo‘laklari AESning energiya bloklaridan 400 metr masofada qulab tushgan.
O‘qqa tutilgandan keyin ikkita energiya bloki to‘liq quvvat bilan ishlamayapti. MAGATE rahbari Rafael Grossi Zaporojye AESning o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7-avgust kuni Ukraina artilleriyasi Zaporojye atom elektr stansiyasini yana o‘qqa tutgan - yuqori voltli liniya shikastlangan, shaxsiy tarkib ikkita energoblokning quvvatini kamaytirishga majbur bo‘lgan.