https://oz.sputniknews.uz/20220812/ittifoqdosh-qoshinlar-artyomovsk-va-soledarga-kirib-borishdi-27075209.html
Ittifoqdosh qo‘shinlar Artyomovsk va Soledarga kirib borishdi
Ittifoqdosh qo‘shinlar Artyomovsk va Soledarga kirib borishdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va DXR qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlarining Donbassdagi pozitsiyalarini zaiflashtirishda davom etmoqda. 12.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-12T21:31+0500
2022-08-12T21:31+0500
2022-08-12T21:31+0500
kolumnistlar
ukraina
donbass
donesk xalq respublikasi (dxr)
politico
amnesty international
g‘arb
pentagon
germaniya
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27060365_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_8cb6ded4cb570e6d6d659144f3356ac9.jpg
RF va DXR qo‘shinlari kechadan buyon Artyomovsk va Soledar shaharlarida shturmni davom etishmoqda. Janglar sanoat zonalarida va aholi yashash kvartallarida o‘tkazilyapti. Ukrain garnizonlari bu yerdagi aholi yashash punktlarini qurshab olmagan, balki alohida hududlarda “bo‘linib” yo‘q qilishmoqda. UQK an’anaviy taktika- turar- joy binolaridan otishma uchun foydalanishmoqda, tinch aholi orasiga yashirinishmoqda. Shturm guruhlariga qarshi chiqqan dushman chekinmoqda.DXR kuchlari UQK ning Avdeyevka yo‘nalishdagi mudofaani muvaffaqiyatli zaiflashtirishda davom ettirmoqda, Gorlovdagi dushmanga qarshi faol jang olib bormoqda. Ittifoqdosh qo‘shinlarning shiddatli hujumlari tufayli so‘nggi sutkada UQK ning Artyomovsk va Avdeyevka yo‘nalishlardagi 14 va 66 maxanizatsiyalashgan brigadalarning 50% dan ko‘p shaxsiy tarkibi likvidatsiya qilindi. Natsionalistlarning o‘z xohishi bilan pozitsiyalarini tashlashi - aniqrog‘i ommaviy dizertirlik holatlari kuzatilmoqda.Peski tumani aholi yashash punktida UQK 56- motopiyoda brigadasi bilan ham xuddi Severodoneskdagi 57- brigadadagi kabi holat kuzatildi – shaxsiy tarkibning 70% va jangovarlik salohiyatini yo‘qotdi, so‘ngra g‘arb tomonga qochdi. Brigada tibbiyot xizmati rahbarining ma’lumot berishicha, aksariyat qurbonlar ukrain artilleriyasining “do‘stona o‘qqa tutishi”dan so‘ng halok bo‘lgan.Soledarda rossiyalik qo‘shinlar yirik sanoat obyekti - Belokamensk olovbardosh materiallar zavodini o‘z nazoratiga o‘tkazdi. Dushman qo‘shinining bir qismi oziq-ovqat, suv va o‘q-dorilar zahirasi bo‘lgan tuz shaxtalariga (uzunligi 10 km) yashiringan. Taktika mutlaqo bema’ni. Ular endi yoki yo‘q qilinadi, yoki qochadi, yoki asirga olinadi. Darvoqe, asosan radovoylar va serjantlar taslim bo‘lishmoqda, UQK ofitserlari esa o‘z bo‘linmalarni tashlab, hech nimani kutmasdan pozitsiyalardan birinchilardan bo‘lib qochishmoqda.Mannergeym bo‘lmagan liniyaUkraina tomonining alohida qarshi hujumlariga qaramasdan, Donbassdagi operativ vaziyat ittifoqdosh qo‘shinlar foydasiga hal bo‘lyapti. UQK ning Seversk-Soledarda chuqur eshelonlangan mudofaa chizig‘i avval eng mustahkam liniya hisoblangan. Kiyevda uni hatto ikkinchi, ukraincha “Mannergeym” deb atashgan. Uni samarali va rejaga asosan buzib borishmoqda- Kiyev rejimi bu yerga qurbon bo‘lgan va yaralangan harbiylar o‘rniga yana safarbar etilgan (tayyorlanmagan va axloqsiz) askarlarni jo‘natishga ulgurmayapti. Mag‘lubiyat muqarrar.Jang maydoni va UQK chuqur operativ front ortida rus qurollari hukmronlik qilishmoqda- yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar, armiya aviatsiyasi, artilleriya, zalp olovli reaktiv tizimlar (RSZO), olov otuvchi “Solnsepek”, “Buratino” yoki “Tosochka” tizimlari. Rossiya armiyasi T-90M “Proriv” tanklarining yangi partiyasini qabul qildi. Demak, texnologiya va jangovar ruh birga.Dushman hamon mustahkamlangan hududlar, sanoat zonalari va shaxtalarga “tirmashib” olgan, tinch aholidan tiriq qalqon sifatida foydalanishmoqda, texnogen halokatlar sodir etishmoqda. Donbassdan keyin dalaga chiqish muqarrar bo‘lgandan so‘ng ukrain qo‘shinlari g‘arbga qarab to‘xtamasdan qochishda davom etishapti. Ehtimol Polsha (Ruminiya, Slovakiya, Vengriya) chegarasiga qadar yetib borishar. Armiya kuchi- hukumat siyosatida. Ukrainada esa bu borada muammolar ko‘p.Masalan, Kiyev rejimining alahsiragan muhitida paydo bo‘lgan “Xerson uchun jang” g‘oyasi shafqatsiz haqiqat bilan uchrashganda chil-chil sindi. Ukraina manbalarining xabar berishicha, rossiyalik RSZO larning kechuv qismisiz Dneprning chap qirg‘og‘idan Nikolayev yoki Egri Shox tomonidan keladigan har qanday qo‘shinlarni yo‘q qila olishi ko‘rsatilgan xarita- sxemasini QK Bosh shtabi prezident Vladimir Zelenskiyga ko‘rsatgan. Xersonda HIMARS ning qimmatbaho snaradlari bilan ko‘priklarni teshik qilish- samarasiz va foydasiz ish. UQK hujum harakatilari uchun yetarli ishchi kuchi, malakali jamoa tarkibi va jangovar texnikaga emas. “Qarshi hujum”, G‘arbning yangi kreditlari yoki Zaporoj va Xerson viloyatlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiritilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumning to‘xtatilishi Kiyev rejimiga ishchi kuchi va UQK texnikasida halokatli yo‘qotishlarni kafolatlaydi.Ukraina manbalarining xabariga ko‘ra, prezident Zelenskiyning “Severodonesk bog‘ichi” xomxayollari UQKga to‘qqiz ming nafar halok bo‘lgan, o‘n ming nafar yaralangan harbiylarga olib keldi. Ikki mingta yo‘q qilingan bronetexnika va bir nechta o‘nlab samoletlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Avvalroq, RF Mudofaa vazirligi ukrain qo‘shinlarining Shimoliy Donesk yaqinida 90% shaxsiy tarkibni yo‘qotgani haqida xabar bergan edi. Ma’lumotlar deyarli o‘xshash. Kiyev rejimining g‘arbparast kursi esa ukrain xalqiga juda qimmatga tushmoqda.AQSh esa Rossiyaga qarshi e’lon qilinmagan “muborak urushi”ni so‘nggi ukrain qolguniga qadar davom ettirish niyatida. Pentagon rahbari Lloyd Ostin 10-avgust kuni Kiyevga qancha kerak bo‘lsa, shuncha qurollar yetkazib berishni yana va’da berdi. O‘sha kuni Germaniya UQK ga shartnoma bo‘yicha kelishilgan 15 ta Gepard 1A2 (zarba uzoqligi 5km) zenit o‘ziyurar o‘rnatmalarining navbatdagi partiyasini yetkazib berdi. Biroq, Ukrainada NATO qurollari qancha bo‘lmasin, baribir vayron bo‘ladi va maqsadlarni o‘zgartira olmaydi. Masalan, kechagina Nikolayev viloyati osmonida UQK ning uchta zarba beruvchi samoletlari yo‘q qilindi va birinchi Gepard Donbassda demilitarizatsiyalandi. RF Mudofaa vazirligining har kunlik statistikasi G‘arbning har qanday xomxayollarini chippakka chiqarishga qodir.Shu bilan birga Amerikaning Politico nashri ukrain qo‘shinlarining tinch aholiga nisbatan jinoyatlar sodir etayotganini tasdiqladi: “Amnesty International huquqni himoya qiluvchi tashkilot hisoboti Ukrainaga va uning g‘arbdagi sheriklariga siyosiy jihatdan noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ammo bu bilan u hisobot noto‘g‘ri va noaniq degani emas”. Har ehtimolga qarshi Kiyevdagi qo‘g‘irchoqlarga eslatib qo‘yishapti: kulgudan buyuklikka va yana kulguga qolish orasida faqat bir qadam.
ukraina
donbass
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0b/27060365_65:0:2796:2048_1920x0_80_0_0_fc551c6df356bf6766e50f320ece79ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, ukraina, donbass, donesk xalq respublikasi (dxr), politico, amnesty international, g‘arb, pentagon, germaniya, vladimir zelenskiy
kolumnistlar, ukraina, donbass, donesk xalq respublikasi (dxr), politico, amnesty international, g‘arb, pentagon, germaniya, vladimir zelenskiy
Ittifoqdosh qo‘shinlar Artyomovsk va Soledarga kirib borishdi
Rossiya va DXR qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlarining Donbassdagi pozitsiyalarini zaiflashtirishda davom etmoqda.
RF va DXR qo‘shinlari kechadan buyon Artyomovsk va Soledar shaharlarida shturmni davom etishmoqda. Janglar sanoat zonalarida va aholi yashash kvartallarida o‘tkazilyapti. Ukrain garnizonlari bu yerdagi aholi yashash punktlarini qurshab olmagan, balki alohida hududlarda “bo‘linib” yo‘q qilishmoqda. UQK an’anaviy taktika- turar- joy binolaridan otishma uchun foydalanishmoqda, tinch aholi orasiga yashirinishmoqda. Shturm guruhlariga qarshi chiqqan dushman chekinmoqda.
DXR kuchlari UQK ning Avdeyevka yo‘nalishdagi mudofaani muvaffaqiyatli zaiflashtirishda davom ettirmoqda, Gorlovdagi dushmanga qarshi faol jang olib bormoqda. Ittifoqdosh qo‘shinlarning shiddatli hujumlari tufayli so‘nggi sutkada UQK ning Artyomovsk va Avdeyevka yo‘nalishlardagi 14 va 66 maxanizatsiyalashgan brigadalarning 50% dan ko‘p shaxsiy tarkibi likvidatsiya qilindi. Natsionalistlarning o‘z xohishi bilan pozitsiyalarini tashlashi - aniqrog‘i ommaviy dizertirlik holatlari kuzatilmoqda.
Peski tumani aholi yashash punktida UQK 56- motopiyoda brigadasi bilan ham xuddi Severodoneskdagi 57- brigadadagi kabi holat kuzatildi – shaxsiy tarkibning 70% va jangovarlik salohiyatini yo‘qotdi, so‘ngra g‘arb tomonga qochdi. Brigada tibbiyot xizmati rahbarining ma’lumot berishicha, aksariyat qurbonlar ukrain artilleriyasining “do‘stona o‘qqa tutishi”dan so‘ng halok bo‘lgan.
Soledarda rossiyalik qo‘shinlar yirik sanoat obyekti - Belokamensk olovbardosh materiallar zavodini o‘z nazoratiga o‘tkazdi. Dushman qo‘shinining bir qismi oziq-ovqat, suv va o‘q-dorilar zahirasi bo‘lgan tuz shaxtalariga (uzunligi 10 km) yashiringan. Taktika mutlaqo bema’ni. Ular endi yoki yo‘q qilinadi, yoki qochadi, yoki asirga olinadi. Darvoqe, asosan radovoylar va serjantlar taslim bo‘lishmoqda, UQK ofitserlari esa o‘z bo‘linmalarni tashlab, hech nimani kutmasdan pozitsiyalardan birinchilardan bo‘lib qochishmoqda.
Mannergeym bo‘lmagan liniya
Ukraina tomonining alohida qarshi hujumlariga qaramasdan, Donbassdagi operativ vaziyat ittifoqdosh qo‘shinlar foydasiga hal bo‘lyapti. UQK ning Seversk-Soledarda chuqur eshelonlangan mudofaa chizig‘i avval eng mustahkam liniya hisoblangan. Kiyevda uni hatto ikkinchi, ukraincha “Mannergeym” deb atashgan. Uni samarali va rejaga asosan buzib borishmoqda- Kiyev rejimi bu yerga qurbon bo‘lgan va yaralangan harbiylar o‘rniga yana safarbar etilgan (tayyorlanmagan va axloqsiz) askarlarni jo‘natishga ulgurmayapti. Mag‘lubiyat muqarrar.
Jang maydoni va UQK chuqur operativ front ortida rus qurollari hukmronlik qilishmoqda- yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar, armiya aviatsiyasi, artilleriya, zalp olovli reaktiv tizimlar (RSZO), olov otuvchi “Solnsepek”, “Buratino” yoki “Tosochka” tizimlari. Rossiya armiyasi T-90M “Proriv” tanklarining yangi partiyasini qabul qildi. Demak, texnologiya va jangovar ruh birga.
Dushman hamon mustahkamlangan hududlar, sanoat zonalari va shaxtalarga “tirmashib” olgan, tinch aholidan tiriq qalqon sifatida foydalanishmoqda, texnogen halokatlar sodir etishmoqda. Donbassdan keyin dalaga chiqish muqarrar bo‘lgandan so‘ng ukrain qo‘shinlari g‘arbga qarab to‘xtamasdan qochishda davom etishapti. Ehtimol Polsha (Ruminiya, Slovakiya, Vengriya) chegarasiga qadar yetib borishar. Armiya kuchi- hukumat siyosatida. Ukrainada esa bu borada muammolar ko‘p.
Masalan, Kiyev rejimining alahsiragan muhitida paydo bo‘lgan “Xerson uchun jang” g‘oyasi shafqatsiz haqiqat bilan uchrashganda chil-chil sindi. Ukraina manbalarining xabar berishicha, rossiyalik RSZO larning kechuv qismisiz Dneprning chap qirg‘og‘idan Nikolayev yoki Egri Shox tomonidan keladigan har qanday qo‘shinlarni yo‘q qila olishi ko‘rsatilgan xarita- sxemasini QK Bosh shtabi prezident Vladimir Zelenskiyga ko‘rsatgan. Xersonda HIMARS ning qimmatbaho snaradlari bilan ko‘priklarni teshik qilish- samarasiz va foydasiz ish. UQK hujum harakatilari uchun yetarli ishchi kuchi, malakali jamoa tarkibi va jangovar texnikaga emas. “Qarshi hujum”, G‘arbning yangi kreditlari yoki Zaporoj va Xerson viloyatlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiritilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumning to‘xtatilishi Kiyev rejimiga ishchi kuchi va UQK texnikasida halokatli yo‘qotishlarni kafolatlaydi.
Ukraina manbalarining xabariga ko‘ra, prezident Zelenskiyning “Severodonesk bog‘ichi” xomxayollari UQKga to‘qqiz ming nafar halok bo‘lgan, o‘n ming nafar yaralangan harbiylarga olib keldi. Ikki mingta yo‘q qilingan bronetexnika va bir nechta o‘nlab samoletlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Avvalroq, RF Mudofaa vazirligi ukrain qo‘shinlarining Shimoliy Donesk yaqinida 90% shaxsiy tarkibni yo‘qotgani haqida xabar bergan edi. Ma’lumotlar deyarli o‘xshash. Kiyev rejimining g‘arbparast kursi esa ukrain xalqiga juda qimmatga tushmoqda.
AQSh esa Rossiyaga qarshi e’lon qilinmagan “muborak urushi”ni so‘nggi ukrain qolguniga qadar davom ettirish niyatida. Pentagon rahbari Lloyd Ostin 10-avgust kuni Kiyevga qancha kerak bo‘lsa, shuncha qurollar yetkazib berishni yana va’da berdi. O‘sha kuni Germaniya UQK ga shartnoma bo‘yicha kelishilgan 15 ta Gepard 1A2 (zarba uzoqligi 5km) zenit o‘ziyurar o‘rnatmalarining navbatdagi partiyasini yetkazib berdi. Biroq, Ukrainada NATO qurollari qancha bo‘lmasin, baribir vayron bo‘ladi va maqsadlarni o‘zgartira olmaydi. Masalan, kechagina Nikolayev viloyati osmonida UQK ning uchta zarba beruvchi samoletlari yo‘q qilindi va birinchi Gepard Donbassda demilitarizatsiyalandi. RF Mudofaa vazirligining har kunlik statistikasi G‘arbning har qanday xomxayollarini chippakka chiqarishga qodir.
Shu bilan birga Amerikaning Politico nashri ukrain qo‘shinlarining tinch aholiga nisbatan jinoyatlar sodir etayotganini tasdiqladi: “Amnesty International huquqni himoya qiluvchi tashkilot hisoboti Ukrainaga va uning g‘arbdagi sheriklariga siyosiy jihatdan noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ammo bu bilan u hisobot noto‘g‘ri va noaniq degani emas”. Har ehtimolga qarshi Kiyevdagi qo‘g‘irchoqlarga eslatib qo‘yishapti: kulgudan buyuklikka va yana kulguga qolish orasida faqat bir qadam.