Hindistonda omikron koronavirus shtammining yangi varianti aniqlandi

© AP Photo / Dar YasinSituatsiya s koronavirusom v Indii
Situatsiya s koronavirusom v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Yangi shtamm koronavirus infeksiyasiga antitanachalari bo‘lgan odamlarning organizmiga ham faol kirib boradi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida omikron BA-2.75 koronavirus shtammining yanada yuqumli subvarianti aniqlandi. Bu haqda Lok Nayak shifoxonasi bosh shifokori Suresh Kumar ma’lum qildi.
Kumarning so‘zlariga ko‘ra, yangi shtamm omikronning oldingi versiyalariga qaraganda ancha xavfli bo‘lib, kasallik paytida yoki emlash natijasida olingan koronavirus infeksiyasiga antitanachalari bo‘lgan odamlarning organizmiga faol kirib boradi.
BA-2.75 varianti allaqachon dunyoning ko‘plab mamlakatlarida aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0