https://oz.sputniknews.uz/20220808/ozbekistonda-oiv-va-gepatitlarni-aniqlaydigan-testlarni-ishlab-chiqarish-rejalashtirilmoqda-26934461.html
O‘zbekistonda OIV va gepatitlarni aniqlaydigan testlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda OIV va gepatitlarni aniqlaydigan testlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“Rossa” kompaniyasi OIV, B va S gepatitlari, inson papillomavirusi, sil, gerpes va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun PZR test tizimlarini taqdim etdi. 08.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-08T16:52+0500
2022-08-08T16:52+0500
2022-08-08T16:52+0500
jamiyat
oiv
gepatit
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26934300_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_0c7b4bdc4aa672552c4409cda52171d9.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekistonda OIV, B va S gepatitlari, inson papillomavirusi, sil, gerpes va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) test tizimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.Ularni ishlab chiqish bilan tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalari uchun biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rossa” kompaniyasi shug‘ullanadi.Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi hukumat komissiyasi kompaniyada bo‘lib, u yerdagi ishlar bilan tanishdi.2021-2022 yillardagi pandemiya davrida kompaniya SES ehtiyojlari uchun koronavirus tashxisini qo‘yish uchun 3,8 million PZR testini yetkazib berdi.Bu, birinchi navbatda, mahalliy ishlab chiqarilgan diagnostika vositalariga ichki talabni qisman ta’minlashga, ikkinchidan, bitta test narxini 2021-yilda 30 ming so‘mgacha, 2022-yilda esa 27 ming so‘mgacha kamaytirishga imkon berdi.“Shuningdek, Hukumat komissiyasi a’zolariga kompaniyaning yangi ishlanmalari, shu jumladan OIV, B va S gepatitlari, inson papillomavirusi, sil, gerpes va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun PZR test tizimlari taqdim etildi”, - deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.Eslatib o‘tamiz, 1-iyuldan boshlab har yili 1 million nafargacha aholi virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26934300_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_d4a8adbbe35c1e69738470316948c9de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, oiv, gepatit, o‘zbekiston
jamiyat, oiv, gepatit, o‘zbekiston
O‘zbekistonda OIV va gepatitlarni aniqlaydigan testlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
“Rossa” kompaniyasi OIV, B va S gepatitlari, inson papillomavirusi, sil, gerpes va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun PZR test tizimlarini taqdim etdi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekistonda OIV, B va S gepatitlari, inson papillomavirusi, sil, gerpes va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) test tizimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Ularni ishlab chiqish bilan tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalari uchun biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rossa” kompaniyasi shug‘ullanadi.
Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi hukumat komissiyasi kompaniyada bo‘lib, u yerdagi ishlar bilan tanishdi.
2021-2022 yillardagi pandemiya davrida kompaniya SES ehtiyojlari uchun koronavirus tashxisini qo‘yish uchun 3,8 million PZR testini yetkazib berdi.
Bu, birinchi navbatda, mahalliy ishlab chiqarilgan diagnostika vositalariga ichki talabni qisman ta’minlashga, ikkinchidan, bitta test narxini 2021-yilda 30 ming so‘mgacha, 2022-yilda esa 27 ming so‘mgacha kamaytirishga imkon berdi.
“Shuningdek, Hukumat komissiyasi a’zolariga kompaniyaning yangi ishlanmalari, shu jumladan OIV, B va S gepatitlari, inson papillomavirusi, sil, gerpes va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun PZR test tizimlari taqdim etildi”, - deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
xabarida.Eslatib o‘tamiz, 1-iyuldan boshlab har yili 1 million nafargacha aholi virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan
o‘tkazilmoqda.