https://oz.sputniknews.uz/20220804/shaxmat-olimpiadasi-ozbekiston-kuchli-raqib-bilan-durang-oynadi-26819337.html
Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston kuchli raqib bilan durang o‘ynadi
Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston kuchli raqib bilan durang o‘ynadi
Sputnik O‘zbekiston
Shaxmat olimpiadasining oltinchi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynadi, ayollar jamoasi esa Shotlandiyani mag‘lub etdi. 04.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-04T11:42+0500
2022-08-04T11:42+0500
2022-08-04T11:42+0500
sport
shaxmat
butunjahon shaxmat olimpiadasi
o‘zbekiston
hindiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/04/26819180_0:53:1024:629_1920x0_80_0_0_33bb315716af36ba332981515175e725.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilayotgan 44-shaxmat olimpiadasining oltinchi turida Hindiston jamoasi bilan durang o‘ynadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Hindiston termasining o‘rtacha reytingi (2690) O‘zbekistonnikidan (2622) yuqoriroq edi. 3-avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi.Jahongir Vohidov g‘alaba, Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboyev durang qayd etdi, Nodirbek Abdusattorov esa mag‘lubiyatga uchradi.Oltinchi tur yakunlariga ko‘ra, 10 ochko jamg‘argan O‘zbekiston termasi 188 ta jamoa ishtirok etayotgan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda shaxmatchilar perulik shaxmatchilar (13-o‘rin) bilan dona surishadi.O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 6-turda Shotlandiya jamoasi ustidan yirik g‘alaba qozondi. Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Afruza Hamdamova va Marjona Malikovalar raqiblarini mag‘lub etishdi Yakuniy hisob 4:0 ko‘rinishida o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar foydasiga hal bo‘ldi.O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar 164 ta jamoa ichida 8 ochko jamg‘argan holda 37-o‘rinda bormoqda. Ular keyingi turda Serbiya jamoasi (35-o‘rin) bilan kuch sinashishadi.Mavzuga oid:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/04/26819180_58:0:966:681_1920x0_80_0_0_df2cceb52035e72d15626585629b8ea6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, o‘zbekiston, hindiston
sport, shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, o‘zbekiston, hindiston
Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston kuchli raqib bilan durang o‘ynadi
Shaxmat olimpiadasining oltinchi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynadi, ayollar jamoasi esa Shotlandiyani mag‘lub etdi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilayotgan 44-shaxmat olimpiadasining oltinchi turida Hindiston jamoasi bilan durang o‘ynadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Hindiston termasining o‘rtacha reytingi (2690) O‘zbekistonnikidan (2622) yuqoriroq edi. 3-avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Jahongir Vohidov g‘alaba, Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboyev durang qayd etdi, Nodirbek Abdusattorov esa mag‘lubiyatga uchradi.
Oltinchi tur yakunlariga ko‘ra, 10 ochko jamg‘argan O‘zbekiston termasi 188 ta jamoa ishtirok etayotgan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda shaxmatchilar perulik shaxmatchilar (13-o‘rin) bilan dona surishadi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 6-turda Shotlandiya jamoasi ustidan yirik g‘alaba qozondi. Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Afruza Hamdamova va Marjona Malikovalar raqiblarini mag‘lub etishdi Yakuniy hisob 4:0 ko‘rinishida o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar 164 ta jamoa ichida 8 ochko jamg‘argan holda 37-o‘rinda bormoqda. Ular keyingi turda Serbiya jamoasi (35-o‘rin) bilan kuch sinashishadi.