https://oz.sputniknews.uz/20220802/hindistonda-maymun-chechagidan-ilk-olim-qayd-etildi-26742882.html
Hindistonda maymun chechagidan ilk o‘lim qayd etildi
Hindistonda maymun chechagidan ilk o‘lim qayd etildi
Sputnik O‘zbekiston
22 yoshli hindistonlik xorijda bo‘lgan vaqti maymun chechagi infeksiyasini yuqtirib olgan 02.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-02T10:40+0500
2022-08-02T10:40+0500
2022-08-02T10:40+0500
dunyoda
hindiston
maymun chechagi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0e/26187981_0:142:3000:1830_1920x0_80_0_0_3530efed5b14ae8c472ec9b651de633e.jpg
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Hindistonda maymun chechagi uchun topshirgan testi musbat chiqqan erkak shifoxonada vafot etdi. Bu haqida “Indian Express” gazetasi mamlakat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Kerala Vinu Jorjga tayanib, xabar berdi. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.Rasmiyga ko‘ra, 22 yoshli erkak shanba kuni Birlashgan Arab Amirliklaridan qaytgach vafot etgan. U xorijda bo‘lgan vaqti maymun chechagi infeksiyasini yuqtirib olgan.Erkak maymun chechagi qurbonlarini dafn qilish qoidalariga muvofiq dafn etilgan. U ilgari aloqada bo‘lgan odamlar kuzatuvga olingan.Hindistonda maymun chechagi infeksiyasining kamida to‘rtta holati qayd etilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, may oyi boshidan beri Afrikadan tashqarida 18 000 dan ortiq kasallanish holati qayd etilgan, ularning aksariyati Yevropada kuzatilgan. Maymun chechagi bilan bog‘liq Afrika qit’asidan tashqarida kamida uchta o‘lim holati tasdiqlangan: ikkitasi Ispaniyada va bittasi Braziliyada. Hindistonda qayd etilgan holat to‘rtinchi va Osiyoda birinchisidir.23 iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tez tarqaladigan maymun chechagi epidemiyasini global sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat deb e’lon qildi. 25-iyul holatiga ko‘ra, 75 ta davlat va hududda 16 mingdan ortiq infeksiya holati qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0e/26187981_186:0:2814:1971_1920x0_80_0_0_5ff25d836de531545c0ce53cb45213e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, hindiston, maymun chechagi
dunyoda, hindiston, maymun chechagi
Hindistonda maymun chechagidan ilk o‘lim qayd etildi
22 yoshli hindistonlik xorijda bo‘lgan vaqti maymun chechagi infeksiyasini yuqtirib olgan
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Hindistonda maymun chechagi uchun topshirgan testi musbat chiqqan erkak shifoxonada vafot etdi. Bu haqida “Indian Express” gazetasi mamlakat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Kerala Vinu Jorjga tayanib, xabar berdi. Uning so‘zlaridan
RIA Novosti iqtibos keltirdi.
Rasmiyga ko‘ra, 22 yoshli erkak shanba kuni Birlashgan Arab Amirliklaridan qaytgach vafot etgan. U xorijda bo‘lgan vaqti maymun chechagi infeksiyasini yuqtirib olgan.
“Yigitda maymun chechagi alomatlari yo‘q edi. Uni ensefalit belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgandi... O‘lim sabablari tekshiriladi... chunki maymun chechagidan o‘lim darajasi juda past”,- deya qo‘shimcha qildi Jorj.
Erkak maymun chechagi qurbonlarini dafn qilish qoidalariga muvofiq dafn etilgan. U ilgari aloqada bo‘lgan odamlar kuzatuvga olingan.
Hindistonda maymun chechagi infeksiyasining kamida to‘rtta holati qayd etilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, may oyi boshidan beri Afrikadan tashqarida 18 000 dan ortiq kasallanish holati qayd etilgan, ularning aksariyati Yevropada kuzatilgan. Maymun chechagi bilan bog‘liq Afrika qit’asidan tashqarida kamida uchta o‘lim holati tasdiqlangan: ikkitasi Ispaniyada va bittasi Braziliyada. Hindistonda qayd etilgan holat to‘rtinchi va Osiyoda birinchisidir.
23 iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tez tarqaladigan maymun chechagi epidemiyasini global sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat deb
e’lon qildi. 25-iyul holatiga ko‘ra, 75 ta davlat va hududda 16 mingdan ortiq infeksiya holati qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.