Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xarkovda 2 ta HIMARS yakson qilindi – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Sergei Stepanov / Mediabankka o‘tishAmerikanskie visokomobilnie raketno-artilleriyskie sistemi operativno-takticheskogo naznacheniya M142 HIMARS
Amerikanskie visokomobilnie raketno-artilleriyskie sistemi operativno-takticheskogo naznacheniya M142 HIMARS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainaga yetkazib berilgan Amerikaning HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari yo‘q qilindi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Xarkovdagi "Ukrainskie energeticheskie mashini" zavodi hududida bo‘lgan ikkita Amerikaning HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlarini yo‘q qilishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyani davom ettirishmoqda. Yuqori aniqlikdagi zarba natidasida Xarkov shahridagi “Ukrainskie energeticheskie mashini" zavodi hududidagi ikkita Amerikaning HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari yakson qilindi. Shuningdek, 53 nafar ukrainalik millatchilar va xorijiy yollanmalar yo‘q qilindi”, - dedi Konashenkov.
Bundan tashqari, Odessa viloyatida “Harpoon” uchirish qurilmasi yakson qilingan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi 5-iyuldan 20-iyulgacha yuqori aniqlikdagi qurol bilan Ukrainadagi 4 ta HIMARS qurilmasi yo‘q qilinganini xabar qilgan edi.
Joriy yil 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rasmiylari tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0