Volgogradda o‘zbekistonlik migrantlar ommaviy zaharlanishdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
"Pobeda" fermer xo‘jaligida ishlab kelayotgan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi ovqatdan zaharlangan. Hozir ular shifoxonada davolanishmoqda.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiyaning Volgograd viloyatida 11 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrant zaharlandi.
Dastlabki o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, 28-iyul kuni Volgograd viloyati Bikovskiy tumanidagi "Pobeda" fermer xo‘jaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i yomonlashgan. Natijada tez yordam chaqirilgan va ular shifoxonaga olib borilgan.
Fuqarolarga ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, ular shifoxonaga yotqizilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd viloyatidagi vakiliga shifokorlarning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda fuqarolar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda va sog‘lig‘i tiklangach, shifoxonadan javob beriladi.
Moskvadagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0