Si Szinpin Baydenning "kulini ko‘kka sovurdi" – AS

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishP/k po itogam vstrechi D. Baydena s prezidentom Finlyandii i premyerom Shvetsii
P/k po itogam vstrechi D. Baydena s  prezidentom Finlyandii i premyerom Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Maqolada keltirilishicha, Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi suhbat AQSh boshchiligidagi bir qutbli dunyo tugaganining yaqqol dalilidir.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Xitoy yetakchisi Si Szinpin Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden bilan Tayvan mavzusida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida undan mutlaq ustun kelgan va bu Vashington boshchiligidagi bir qutbli dunyo davri tugaganidan darak berdi, deb yozadi geosiyosat bo‘yicha ekspert Frensis Sempa “American Spectator” jurnali uchun tayyorlagan maqolasida.
Maqola muallifiga ko‘ra, OAVda davlat rahbarlari o‘rtasidagi suhbat mazmuni haqidagi xabarlar Si Szinpin amerikalik hamkasbini Tayvan bilan bog‘liq vaziyatga aralashishdan qattiq ogohlantirganini ko‘rsatmoqda, biroq Oq uy bu haqda stenogrammada eslatib o‘tmagan.

“Bayden Si Szinpin “uni tor-mor qilganini” tan olishini kutmang. Ammo, aftidan, bu ularning uzoq suhbatlari davomida sodir bo‘lgan narsadir”, deb yozdi Sempa.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi suhbat AQSh boshchiligidagi bir qutbli dunyo tugaganining yaqqol dalilidir.
Tahlilchining fikricha, Xitoy AQShda zaiflik va tarqoqlikni sezdi, shuningdek, Baydenning ommaviy nutq paytida duduqlanishi hamda uning mamlakatdagi reytingi tarixiy eng past darajaga tushib ketganini ham hisobga oldi.

“Eng muhimi, Xitoy Bayden ma’muriyati tomonidan AQShning Afg‘onistondan qo‘shinlarini muvaffaqiyatli olib chiqa olmaganining guvohi bo‘ldi”, deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, 28-iyul kuni Bayden Si Szinpin bilan ikki soatdan ko‘proq davom etgan telefon suhbati o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Xitoy separatizm va “Tayvan mustaqilligi” hamda bu masalaga tashqi kuchlarning har qanday aralashuviga qat’iy qarshi ekanligini ma’lum qildi.
“Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qat’iy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan o‘ynashgan odam o‘zini yoqib yuboradi”, degan edi Si Szinpin Baydenga.
Yangiliklar lentasi
0