Rossiya nodo‘st davlatlar bilan o‘z zarariga ishlamaydi – Putin

© Sputnik / Mixail Metsel / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin. Arxivnoe foto
Prezident Rossii Vladimir Putin. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Putin: Bizga nisbatan ochiq-oydin do‘stona munosabatda bo‘lmaganlar bilan zarariga ishlamaymiz.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya tomoni sanksiyalarga qaramay ishonchli hamkor bo‘lib qolishini, ammo do‘stona bo‘lmagan davlatlar bilan zarariga ishlamasligini aytdi.
Bu haqda u metallurgiya sohasidagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi, deb yozmoqda RT.

“Rossiya har qanday siyosiy muammolardan qat’i nazar, xorijiy xaridorlar va hamkorlar uchun har doim metallurgiya mahsulotlarini ishonchli va mas’uliyatli yetkazib beruvchi bo‘lib qoladi. Ammo bizga nisbatan ochiq-oydin do‘stona munosabatda bo‘lmaganlar bilan zarariga ishlamaymiz”, - dedi Putin.

Putin, shuningdek, bu nafaqat metall bozoriga, balki boshqa eksport tovarlariga ham tegishli ekanligini ta’kidlagan.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0