Ravshan Ermatov Rossiya futboli hakamlari eksperti bo‘lishi kutilmoqda – OAV

© AFP 2023 / ODD ANDERSENUzbekskiy futbolniy arbitr Ravshan Irmatov
Uzbekskiy futbolniy arbitr Ravshan Irmatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
44 yoshli mutaxassis faoliyati davomida 11-marta jahon chempionatlariga hakamlik qilgan
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov yaqin orada Rossiya futbol ittifoqining (RFI) Ekspert-hakamlar qo‘mitasiga doimiy a’zo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqida “Sport-ekspress” nashri xabar berdi.
44 yoshli mutaxassis faoliyati davomida 11-marta jahon chempionatlariga hakamlik qilgan va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
2015 yilda u dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. 2019-yilda esa rasman hakamlik faoliyatini yakunlagan.
Ravshan Ermatov hozirda O‘FA birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatapti.
RFI qoshidagi Ekspert-hakamlar qo‘mitasi o‘yinlardagi hakamlik bilan bog‘liq bahsli holatlar, o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan qarorlarni ko‘rib chiquvchi, baho beruvchi organ hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0