Putinning bir iborasi butun Britaniyani qo‘rqitib yubordi - “Mirror”

Obuna bo‘lish
Vladimir Putin yaqin oylarda Rossiya Qurolli kuchlariga “Sirkon” gipertovushli raketa komplekslarini yetkazib berish boshlanishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya armiyasiga yaqinda “Sirkon” gipertovushli raketa tizimlari yetkazib berilishi haqidagi bayonoti butun Buyuk Britaniyada vahima uyg‘otdi. Bu haqda jurnalist Duglas Peyshent “Mirror” gazetasi uchun maqolasida yozgan.
“Gipertovushli qurollar tovush tezligidan to‘qqiz baravar tezroq harakatlana oladi”, deb ta’kidlagan u matnda.
Shu bilan birga, Peyshent Rossiya rahbarining so‘zlarini asossiz ravishda “sovuq tahdid” deb atagan.
Sankt-Peterburgdagi Harbiy-dengiz floti kuniga bag‘ishlangan parad chog‘ida Putin yaqin oylarda Rossiya Qurolli kuchlariga “Sirkon” gipertovushli raketa komplekslarini yetkazib berish boshlanishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, “Sirkon”ni ishlatadigan birinchi kema “Admiral Gorshkov” fregati bo‘ladi.
“Sirkon" dunyodagi birinchi gipertovushli qanotli raketa bo‘lib, o‘zining dvigatel kuchidan foydalangan holda atmosferada manevrlar bilan barqaror aerodinamik parvozga qodir. U tovush tezligidan to‘qqiz baravar tezroq harakatlana oladi, uning maksimal otish masofasi ming kilometrni tashkil qiladi. “Sirkon” ham suvusti, ham yerdagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir.
Yangiliklar lentasi
0