Pelosining Tayvanga tashrifi qanday jiddiy oqibatlarga olib keladi?

© AP Photo / J. Scott ApplewhiteSpikera Palati predstaviteley SShA Nensi Pelosi
Spikera Palati predstaviteley SShA Nensi Pelosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Ayrim xitoylik tahlilchilar AQSh Kongressi spikerining orolga qo‘nishi rejalashtirilmagan ravishda bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Agar AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyursa, Xitoy qo‘shinlari “qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi”. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib “Reuters” yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Amerika hukumatining uchinchi rasmiy vakili”ning (prezident va vitse-prezidentdan keyin) Tayvanga tashrifi “o‘ta jiddiy siyosiy ta’sirga olib keladi”.
Kecha, 31-iyul kuni Pelosi AQSh kongressmenlari delegatsiyasi tarkibida Osiyo bo‘ylab safarini boshladi. Siyosatchi saytida xabar qilinganidek, ular to‘rtta davlatga - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrif buyurishadi. Vashington ushbu “ittifoqchilar va do‘stlar” bilan “tinchlik va xavfsizlik, iqtisodiy o‘sish va savdo, COVID-19 pandemiyasi, iqlim inqirozi, inson huquqlari va demokratik boshqaruv” bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilmoqchi.
Rasmiy e’londa delegatsiya to‘xtaydigan joy sifatida Tayvan ko‘rsatilmagan. Biroq Xitoyning “Global Times” gazetasi ekspert, Xitoy xalq universiteti professori Diao Daminga tayanib, Pelosining orolga tashrifini inkor etib bo‘lmaydi, deb yozadi. Boshqa xitoylik tahlilchilar AQSh Kongressi spikerining orolga qo‘nishi rejalashtirilmagan ravishda bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi, masalan, samolyotga yoqilg‘i quyish bahonasida.
“Politico” gazetasi Yevropa Ittifoqining ismini oshkor etmagan yuqori martabali diplomatining so‘zlariga tayanib, Pekin va Vashington o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotganidan Yevropa Ittifoqi xavotirda ekanligini yozadi. Umuman olganda, NATO bu faktdan hozircha xavotirda emas, biroq suhbatdosh vaziyat “yomonlashishi” mumkinligini va “eng yomon holatda” mumkin bo‘lgan keskinlashuv “AQSh e’tiborini Ukrainadagi vaziyatdan chalg‘itishi” mumkinligini tan oldi.

Mavzuga oid:

Lavrov G‘arbning Rossiyadan keyin navbatdagi nishoni qaysi davlat bo‘lishini aytdi
Si Szinpin Baydenning "kulini ko‘kka sovurdi" – AS
XXR Janubiy Xitoy dengizida harbiy mashqlarni boshladi
Yangiliklar lentasi
0