O‘zbekistonda “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi

© unsplash.com/Zuyet AwarmatikMinaret Kalyan v Buxare.
Minaret Kalyan v Buxare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi. Bu bo‘yicha prezidentning PQ–338-sonli qarori bilan “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, konsepsiya doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi to‘g‘risida seminar, simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkaziladi.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o‘zaro hamkorlik orqali “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi.
2023 yildan har 2-yilda 1 marotaba o‘tkaziladigan tadbirlar:
may oyining uchinchi dekadasida Marg‘ilon shahrida “Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ko‘rgazma va ilmiy-konferensiya;
iyun oyining birinchi dekadasida “Lavanda” festivali;
iyul oyida talabalar va yoshlar uchun Xalqaro “Turksoy” tashkiloti bilan hamkorlikda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali.
Qolaversa, avgust oyining uchinchi haftasida turkiy davlatlarning tadbirkorlari, OAV, jurnalist va blogerlar uchun “Tabarruk ziyorat” xalqaro mediaturi va uning doirasida “B2B” formatida uchrashuvlar tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0