Ka’bani yopib turadigan mato - kisva yangilandi. Video

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke
Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Ka’bapo‘sh tayyorlanish jarayonida qora rangga bo‘yalgan 670 kg xom ipak, 120 kg oltin sim va 100 kg kumush simdan foydalanildi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Muqaddas Ka’baning kisva (mato qoplamasi) almashtirildi. Bu haqida Musulmonlar idorasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi hijriy sana boshlanishi munosabati bilan Ka’baga yangi ka’bapo‘sh yopildi.
Mazkur yillik tadbirda Ikki Muqaddas Haram masjidlari idorasi rahbari, shayx Abdurrohmon As-Sudays boshchiligidagi 166 nafar texnik xodimlar va hunarmand ishtirok etgan.
“Ka’bapo‘sh – Kisva” tayyorlanish jarayonida qora rangga bo‘yalgan 670 kg xom ipak, 120 kg oltin sim va 100 kg kumush simdan foydalanildi.
“Podshoh Abdulaziz nomidagi “Ka’bapo‘sh – Kisva” majmuasida bo‘yash va avtomatik to‘qish, qo‘lda to‘qish, bosmalash, tikish va yig‘ish bo‘limlari hamda Ka’ba kamari va oltin bo‘limida 200 ga yaqin hunarmand va ma’murlar mehnat qildi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, tikuv ustaxonasida uzunligi 16 metr bo‘lgan, komputer tizimi bilan ishlaydigan dunyodagi eng uzun tikuv mashinasi joylashgan.
Ma’lumot uchun, “Ka’bapo‘sh”ni tikish ishi 6 oyda yakunlandi. Kisva sof ipakdan qilingan bo‘lib, uni tayyorlash jarayonida 150 kg oltin va kumush iplar ishlatiladi.
Yangiliklar lentasi
0